December 21, 2025

" 𝓗𝔂𝓪𝓬𝓲𝓷𝓽𝓱 / 3 - 𝓠𝓸𝓲𝓭𝓪  "

𝓔𝓹𝓲𝓼𝓸𝓭𝓮: 2

.

.

Menga berilgan kiyimlarni kiyib, soʻng xonadan chiqdim. Koʻylak terimga yopishib, har bir ko‘kargan joyimni siqayotgandek edi. Oyoqlarim menga bo‘ysunmasdi, xuddi tanam mendan oldin taslim bo‘lgandek. Har bir qadam og‘riq, har bir nafas azob berardi.

Xonadan chiqqanimda uzun, keng yo‘lak ko‘zimga tashlandi. Devorlari oppoq, lekin sovuq havodan sezilib turardi. Bu joy kasalxonaga ham, qamoqxonaga ham o‘xshamasdi, ularning ikkisidan ham battarroq. Bu yer inson irodasi sindiriladigan joy edi.

Birdan yonimda o‘rta yoshlardagi bir ayol paydo bo‘ldi. Sochlari silliq yig‘ilgan, yuzi hissiz. U menga bir og‘iz ham gapirmadi, faqat qo‘limdan tutib, oʻziga nimalarnidir pichirlagancha koʻcha tomon yetaklardi. Xuddiki men buyum kabi siltab, olib borilayotgan yuk edim.
U meni tortqilab yurardi. Men qarshilik qilmadim. Qarshilik qilishga kuchim ham, umidim ham yo‘q edi.

Eshik ochildi.
Biz tashqariga chiqdik. Ko‘zlarim yorug‘likdan achishib ketdi. Ochiq maydon… keng bog‘. Yashil maysazor shunchalik tartibli ediki, xuddi sun’iydek. Atrofda baland, qadimiy daraxtlar. Ularning soyasi esa… og‘ir edi. Xuddi bu yerda ham quyosh hamma narsani yoritishga jur’at etolmagandek.

Va bir katta daraxt tomon yurardik, o‘sha daraxt soya ostida… Olti-yetti nafar erkak.

Ular jimlikda, harakatsiz. Qop-qora kiyimda. Va ularning markazida…
O‘rindiqda oyoqlarini chalishgancha o‘sha yigit oʻtirsrdi. Ko‘zlarida qora ko‘zoynak. Yuzidagi ifoda sokin. Juda sokin. Haddan tashqari sokin. Bu sokinlikda rahm shavqat belgilari avvalgidek bilinmasdi. Qiziqish ham yo‘q. Faqat… nazorat.

Yuragim ichimda gupillab ketdi. Qadamim sekinlashdi. Nafasim qaltiradi. Biz yaqinlashdik.

Ayol meni uning qarshisiga olib kelib to‘xtadi. Bir zum ham turmadi, meni qoldirib, orqasiga qaytdi. Xuddi o‘z vazifasini bajargandek. Endi men yolg‘iz edim.
Ularning o‘rtasida.

Yigit nimalardir deya Koreys tilida gapirdi.
Ohangi baland emasdi. Baqirmadi. Lekin har bir so‘zida bosim, buyruq borligi bilinardi.
Uning ortida turgan erkak bir qadam oldinga chiqdi. U menga ingliz tilida savollar bera boshladi.

- Your name.

Tilim qurib ketdi. Ovozim chiqmay qoldi.

- Your surname.
- Your age.
- Your country.
- Your parents.

Savollar ketma-ket yog‘ilardi. Sovuq ohangda, huddi hujjat to‘ldirayotgandek.
Men ichimda qichqirdim.
Ismimni aytsam, ular meni butunlay egallab oladigandek tuyuldi.
Familiyamni aytsam, ota-onamni yana o‘ldirayotgandek bo‘lardim.

Lekin sukut bu yerda eng xavfli javob edi. Men esa zabonsiz qolgandek bir soʻz ham ayta olmasdim.

Lablarim titrab ochildi. Nihoyat meni ongim oz boʻlsada kuch topgandek boʻlgandi. Hech boʻlmasa tirik bolish uchun...

- My name… is Ella.

Ovoz o‘zimga begona eshitildi.
Yordamchi boshligʻiga qarab ishora qildi, yigit ham boshini ozgina qimirlatdi.

- Surname?

Ko‘zim yerga tushdi. Tomog‘im achishardi, soʻzlarimni topolmasdim.

- Nguyễn.

Bu so‘z bilan nimadir ichimda uzildi. Bu familiya onamning ovozi edi. Otamning kulgisi edi. Endi esa… faqat xotira.

- Age?

- Seventeen.

- Country?

- Vietnam.

Bu safar ovozim yanada past chiqdi. Xuddi aytsam, yana nimanidir yo‘qotadigandek.

- Parents?

Bu savol…
Bu savol yuragimga pichoqdek sanchildi. Nafasim to‘xtab qoldi. Ko‘zlarim yonib ketdi.
Bir zum jim qoldim.

- They are… dead.

Bu so‘zni aytganimda, og‘zimdan qon keladigandek bo‘ldi. Ammo hech kimning yuzi o‘zgarmadi. Hech kim achinmadi.
Yigit quyosh ostida o‘tirgancha, bir lahza jim bo‘ldi. Keyin sekin boshini ko‘tardi.

Qora ko‘zoynak ortidan nigohi menga qadalganini his qildim.
U koreyscha nimadir dedi.
Yordamchi esa inglizcha tarjima qildi:

- She will stay.

Shu uchta so‘z bilan… mening hayotim tugadi.
Yashil bog‘, quyosh, daraxtlar barchasi bir lahzada rangsizlandi.
Men endi odam emas edim.
Men endi bu insonlar qarshisida buyum edim halos.

Yigit koreys tilida yana nimalarnidir tushuntirdi. Ovozi past, biroz qat’iy edi. Bu so‘zlar muhimligini ularning yuzlaridan sezdim atrofdagi erkaklar jiddiy tortishib, bosh irg‘ashardi.

U sekin o‘rnidan turdi.
Quyosh nuri uning yelkasidan sirg‘alib tushayotgandi, ammo bu nurda iliqlik yo‘q.

U shunchaki soyani yanada chuqurlashtirardi.
Yordamchi yonimga yaqinlashdi va ingliz tilida, xuddi oddiy buyruqni aytayotgandek dedi:

— From now on, you only serve Mr. Jeon Jungkook.
    ( Endi sen faqat Janob Jeon Jungkookga xizmat qilasan.)

Bu so‘zlar qulog‘imda portlagandek bo‘ldi.
Yo‘q... Yo‘q, bu mumkin emas edi.

Ichimda nimadir uzildi. Aqlim boshqaruvni yo‘qotdi. Oyoqlarim o‘zimga bo‘ysunmay, bilmasdan uning tomoniga yugurib bordim. Atrofdagilar harakat qilmadi. Go‘yo bu ham rejaning bir qismidek.

Men uning oldiga yiqildim. Qo‘llarim bilan uning kiyimini changallab oldim.

- Please… please let me go…
I’m still young… this life will destroy me…
I have dreams… I want to study… I don’t belong here…

Ovozlarim titrar, so‘zlarim bir-biriga ulanmasdi. Ko‘z yoshlarim uning qo‘liga tomchilardi. Men uning qo‘lini mahkam ushlab, pastga qarab yolvordim.

- Please… I’m begging you…

Bir lahza jimlik bo‘ldi.
So‘ng u qo‘limni keskin siltab tashladi. Kuch bilan, sovuqqonlik bilan. Xuddi keraksiz narsani uloqtirgandek.
U menga qaradi. Bu safar ko‘zoynaksiz. Nigohi o‘tkir, og‘ir va achchiq edi.
U ingliz tilida gapira boshladi. Har bir so‘zi pichoq kabi oʻtkir edi.

Jk - Your parents didn’t think about you when they sold my grandfather’s secrets.
They knew where he was being treated and handed that information to my enemies.
They knew he would be killed.
And they stayed silent. For money.

Oyoqlarim qaltirab ketdi.
U davom etdi, ovozi yanada sovuqlashib:

- If they had thought about you, they wouldn’t have betrayed someone like me.
Your parents chose money over everything… even life itself.
And now…
You will pay the price for their choices.

Ushbu so‘zlar  qulog‘imda jaranglardi, xuddi ichimdan bir ovoz tarjima qilayotgandek...

( Ota-onang bobomning sirlarini sotayotgan paytda seni o‘ylashmadi. Bobom qayerda davolanayotganini dushmanlarimga aytishdi.
Uni o‘ldirishlarini bilishardi. Ammo pul uchun jim turishdi.
- Agar seni o‘ylashganida, mendek insonga xiyonat qilishmasdi. Pul uchun hatto hayotdan kechishdi. Endi ularning gunohi uchun…
Sen to‘laysan.)

Bu so‘zlar bilan u meni yana itarib yubordi. Men yerga yiqildim. Nafasim ichimda qoldi. Ko‘zlarimdan yosh emas  og‘riq oqardi.

Lekin…
Men taslim bo‘lmadim.
Yana o‘rnimdan turdim. Qanday kuch bilan  bilmayman. Balki bu oxirgi umid edi.

- I didn’t know… I didn’t know anything… Please… I’m innocent… let me go…

Ovozlarim qirilgan edi. Ammo men baribir yolvordim.
Bu safar u jim qoldi.
Juda jim. So‘ng birdan…
ichidagi alam portladi.

Uning qo‘llari havoni yorib keldi. Men qayerga urilganini ham anglamadim. Tanam og‘riqqa to‘ldi. Qadamlarim orqaga ketdi. Yer ostimdan sirg‘aldi. Atrofdagilar qimirlab ham qoʻymadi.
Hech kim to‘xtatmadi.

Bu urish emas edi.
Bu - haqiqiy jazolash edi.
Va o‘sha lahzada tushundim.

Men bu yerga tirik qolish uchun emas… jazoni ko‘tarish uchun, ota-onamning hiyonatini badalini toʻlash uchun keltirilgandim.
Bir necha bor mening tanam kuchli zarbalarni qabul qilganidan soʻng, u oʻziga kelgan insondek kastyumini bor qoqib yoʻlida davom etdi.

Menga bir uyum ahlatdek munosabatda boʻlishdi. Buning sababi esa... hatto oʻylash meni oʻldirayotgandi. Oʻz ota-onam meni keyingi hayptim qanday boʻlishini bilib, barchasi sezib faqat ukamni berkitishdi, faqat ukamni himoya qilishdi. Eng soʻngi nafasidan ham ukam haqida bir ogʻiz soʻz aytmasligimni takidlashdi.

Bundan koʻrinib turibdiki men chindan ham keraksiz qiz boʻlgan ekanman. Har doim, har daqiqa, har soniyada shunday boʻlgan....
.
.
Kuchli zarbadan keyin tanam menga bo‘ysunmasdi. Yer sovuq. Kaftlarim titrar, tizzalarim bukilib ketardi. Nafasim notekis, ichim bo‘shab qolgan edi. O‘rnimdan turishga urindim yiqildim. Yana urinib, devordan tutib zo‘rg‘a tiklandim.
Shu payt yonimda o‘sha ayol paydo bo‘ldi. Menga koʻylak olib kelgan ayol, yuzida na achinish, na nafrat faqat yuzida ifodalab boʻlmas koʻrinish bor edi. U meni hech narsa demasdan qo‘limdan tutdi. Bu tutish yumshoq emasdi, qo‘pol ham emas… xuddi buyruq bajarayotgandek.
U meni ichkariga olib kirdi.

Yo‘laklar uzun, jim. Qadamlarim aks sado berardi.

Har bir qadamda tanam uvishib, ko‘kargan joylarimni yana eslatardi o‘zini. Oshxonaga kirganimizda hidlar kelib urildi iliq ovqat, suv, non… Men bu hidlarni unutib yuborgandim.
Ayol stulga o‘tqazdi. Oldimga bir stakan suv qo‘ydi. Qo‘lim bilan ushlashga urinarkanman, barmoqlarim qaltirardi. Suvni ichdim. Tomog‘imdan o‘tayotganda ko‘zlarim achishib ketdi xuddi tanam ham yig‘layotgandek.

Keyin ovqat qo‘ydi. Men sekin yedim. Har luqma og‘zimda begona edi. Qornim to‘lsa ham, ichim bo‘sh edi.
Shu payt oshxona eshigi ochildi.
Ichkariga bir ayol kirdi.
U boshqacha edi. Kiyimlari saranjom, qadam tashlashi qat’iy. Nigohi sovuq va o‘lchovli. Bu ayol bu yerda buyruq beradiganlardan ekanini darrov tushundim.
U menga tik qaradi.

H - Ovqatingni yeb boʻlgach ishlaringni bajar.

Ovozida mehr yo‘q edi. Men darrov o‘rnimni to‘g‘riladim.

- Bu yerga kelganingdan beri yetarlicha muammo bo‘lding. Endi menga quloq sol.

U sekin ingliz tilida gapirardi, lekin har bir so‘zi buyruqli ovangda jaranglardi.

- Sen endi bu uydagi xizmatkorlardan birisan halos. Savol bermaysan. Qarshilik qilmayasan. Buyruqlarni bajarasan.

U barmoqlari bilan havoda sanay boshladi.

- Birinchidan: Har kuni Janob Jeon Jungkookga qahva tayyorlab olib borasan.

- Ikkinchidan: Uning xonasini tartibga solasan. Hech narsa joyidan siljimasligi kerak, faqat ruxsat berganida joylari oʻzgaradi.

-  Uchinchidan
Ular bir zumga to‘xtadi.

- Uning sevimli gullari bor. Hyacinth.
- Ularni sen parvarish qilasan. Sug‘orasan. Qurib qolsa - javobgarlik seniki.

Ella Pov:..
Hyacinth…
Bu nom qulog‘imda g‘alati jarangladi. O‘sha paytgacha bu bu gullar men uchun sevimli gul edi. Endi esa… nafratimning bir boʻlagi boʻlib qoladi nazarimda.

- Bu sening asosiy vazifalaring. Xatoga yo‘l qo‘ysang oqibatini o‘zing bilasan.

U menga oxirgi marta qaradi.

- Bu yerda tirik qolish uchun, itoat qilishni o‘rgan.

Ayol burilib chiqib ketdi.
Oshxona yana jim bo‘lib qoldi.
Men bo‘lsa stolda o‘tirgancha, qo‘llarimga qaradim. Ko‘kargan, titrayotgan qo‘llar… endi qahva ko‘tarishi, xonani tozalashi, va Hyacinth gullarini parvarishlashi kerak edi.
Ichimdan bir savol o‘tdi:
Gul parvarishlash inson hayotini   ushlab turadimi shunda?

O‘sha payt tushundim.
Bu uyda menga berilgan yagona narsa ish emas edi.
Bu jazo, kimdir alamini olish maqsadida atayin qilayot ishi.

......1 YIL O‘TGACH.....

Bu yerda vaqt sanalmaydi. Kunlar bir-biriga qo‘shilib ketadi. Ba’zan tong kelganini ham bilmay qoladi kishi. Faqat tanamdagi eski og‘riqlar, yangilariga joy bo‘shatib berganini sezaman, shunda vaqt o‘tgani ayon bo‘ladi.

Menga yordam bergan o‘sha ayol… ketdi. Qachon va nega bilmayman. Xuddi hech qachon bo‘lmagandek ularning ismi qaytib bu uyda tilga olinmadi.
Shundan keyin bu uyda yanada sovuqlik  hukumronlik qila boshladi.

Men endi o‘z xonamda ham uxlolmasdim. Ko‘zimni yumsam, eshik ochiladigandek tuyuladi. Qadam tovushlari qulog‘imda jaranglaydi. Har bir jimlik - xavf. Har bir shovqin - hukm.

Men uyning ichida berkinib yashay boshlagandim
Pardalar ortida.
Bo‘sh xonalar ichida.
Zinapoya ostida.
Hattо Hyacinth gullari ekilgan bogʻ yoni men uchun maskan boʻlardi…

Nafasimni ichimga yutib, mavjudligimni yashirgancha. Ovozimni choqarmasdan yashardim. Bu vaqt ichida ozmi koʻpmi koreys tilini oʻrgandim.
Lekin baribir…
Haftaning qaysidir kunida u keladi.
Va keyin…

- ELLA!

Bu ism endi mening ismim emas. Ogohlantirish kabi jaranglardi. Jeon Jungkook ismimmi bor ovoz, kuch, jaxl bilan chaqirganda hukm tayin boʻladi.

Ularning ovoz butun uy bo‘ylab yoyiladi. Qayerda bo‘lishimdan qat’i nazar, tanam titray boshlaydi. Qochish foydasiz. Yashirinish vaqtinchalik.

Men sekin chiqaman. Qaysi burchakdan bo‘lsa ham. Boshim egik. Ko‘zlarim yerda. Yuragim bo‘g‘zimda.
Ular qarab turadi.
Jim.
Sovuq.

Keyin yana bosim boshlanadi. So‘zlar bilan. Nigoh bilan. Sukut bilan.
Va so‘ng… yana jazolash.
Men ovoz chiqarmayman. Qichqirmayman. Chunki bu yerda mening ovozim hech kimga kerak emas.
Tanam zarbalarni eslab qoladi halos.
Qanchadir vaqtdan soʻng oyoqlarim bo‘shashadi. Pol sovuqligini his etaman. Nafasim yetmaydi. Ko‘zlarim qorong‘ulashadi.

Keyin hech narsani eslay olmayman hushimdan ketaman.

Qachon hushimga kelaman  bilmayman. Ba’zan pol ustida. Ba’zan burchakda. Ba’zan xonamda.
Hech kim yonimda bo‘lmaydi.

Faqat befarqlik.

Xizmatkorlar yonimdan o‘tib ketishadi. Ko‘zlarini olib qochishadi. Ba’zilari yuzini buradi. Ba’zilari esa… xuddi axlatni ko‘rgandek qaraydi.

Men bu qarashlardan ko‘ra meni deyarli har kecha urishlariga, zarbalarga ko‘proq chidashim kerak edi...

Chunki zarba og‘ritadi.
Befarqlik esa… yo‘q qiladi.
Ichimda nimadir sinib ketadi.
Men yig‘lamayman. Biroq ko‘z yoshlarim allaqachon tugagan.

Faqat bir his qolardi.
Horlanish.

Inson emasligimni his qilish.
Keraksiz ekanligimni bilish.
Agar yo‘q bo‘lib ketsam ham hech kim sezmasligini tushunish.

Ba’zan Hyacinth gullariga qarayman. Ular juda goʻzal ochiladi. Parvarish qilaman. Suv beraman.
Ular tirik.

Men esa…

Men bu uyda faqat yoʻqolayotgan narsaman.
Va eng dahshatlisi shuki
men bunga ko‘nikib boryapman.

Bu esa - haqiqiy fojia edi....

.

.

Episode: 2 Tugadi...