ππππππππ
Ertalabki mayin shabada Luverianing malla sochlarini yengil hilpiratardi. U maktab darvozasi qarshisida to'xtab, ulkan binoga tikildi.
β Bugun hammasi yangidan boshlanadi... β dedi u ichida.
Qo'lidagi hujjatlarini mahkam ushlagancha ichkariga kirdi. Yuragi hayajondan tez urardi. Axir bu uning Koreyadagi ilk maktabi edi.
Direktor uni sinfiga olib bordi.
β Bolalar, bugundan boshlab sinfingizga yangi o'quvchi qo'shiladi.
Eshik sekin ochildi. Luveria ichkariga kirishi bilan sinfdagi barcha nigohlar unga qadaldi. U biroz tortinib jilmaydi.
β Salom. Mening ismim Luveria. Koreyaga yaqinda ko'chib keldim. Sizlar bilan yaxshi do'st bo'lishga umid qilaman.
β Xush kelibsan, Luveria. Marhamat, bo'sh joyga o'tir.
Luveria sinfning o'rtasidagi bo'sh partaga o'tirdi. Atrofdagilar unga qiziqish bilan qarashardi. Ba'zilari pichirlashar, ba'zilari esa shunchaki kuzatishda davom etardi.
Luveria esa derazadan tushayotgan quyosh nuriga bir zum tikilib qoldi.
β Balki bu safar hammasi yaxshi bo'lar...
U hali bu maktabda taqdiri butunlay o'zgarishini va bir inson bilan uchrashuvi hayotini izdan chiqarishini bilmas edi.
Tanaffus qo'ng'irog'i chalindi.
Luveria sumkasidan telefonini olmoqchi bo'lib koridorga chiqdi. Ammo oradan ko'p o'tmay g'alati manzaraga duch keldi.
Koridorning ikki tomonida qizlar to'planib turishardi. Ba'zilari qo'llarida sovg'a qutilari, ba'zilari esa xatlar ushlab olishgan edi.
β U kelyapti! β Tezroq, joy bering! β Bugun albatta unga gapiraman!
Luveria hayron bo'lib yonidagi qizdan so'radi:
β Kechirasiz... Nima bo'lyapti?
β Sen yangi ekaning bilinib turibdi.
β Shuning uchun bilmaysan. Hozir Kim Taehyung keladi.
β Butun maktabdagi eng mashhur bola. Deyarli hamma qiz unga oshiq. Har kuni shu ahvol.
Luveria yana koridorga qaradi. Haqiqatan ham nafaqat o'z sinfi, balki boshqa sinflardan ham qizlar yig'ilgandi.
Shu payt olomon asta chetga surildi.
Uzun bo'yli, malla sochli yigit xotirjam qadamlar bilan koridor bo'ylab yurib kelardi. U atrofdagi shovqinga umuman e'tibor bermas, berilgan sovg'alarni ham olmasdi.
β Taehyung! Iltimos, buni oling!
β Taehyung, siz bilan gaplashsam bo'ladimi?
Yigit esa hech kimga javob bermay, indamay yo'lida davom etdi.
Luveria hali ham koridordagi manzarani kuzatib turardi.
β Voy... Mashhurlik ham shunaqa bo'ladimi? β deb pichirladi o'ziga.
Yonida turgan qiz kulib qo'ydi.
β Bu hali hech narsa emas. Har kuni shunday.
β Demak, u doim shunchalik mashhur?
β Ha. Nafaqat maktabimizda, hatto boshqa maktabdagi qizlar ham uni taniydi.
β Menga baribir. Men shunchaki tinchgina o'qishni xohlayman.
Qiz unga bir oz jiddiy qaradi.
β Yaxshisi, Taehyungga yaqinlashma.
β Chunki unga yaqinlashgan har qanday qizni hamma yomon ko'radi. Ayniqsa, uning ashaddiy muxlislari.
β Men u bilan tanishishni ham rejalashtirmaganman.
Shu payt Taehyung koridor bo'ylab yurib o'tarkan, bir lahzaga Luveriaga ko'zi tushdi.
Ikkalasining nigohlari bir necha soniyaga to'qnashdi.
Luveria odob yuzasidan yengil bosh irg'adi.
Taehyung esa hech narsa demay, xuddi uni eslab qolgandek bir qarab, yo'lida davom etdi.
Bu oddiy nigoh almashinuvi esa uzoqdan kuzatib turgan ba'zi qizlarning g'ashiga tegdi.
β U... nega yangi qizga qaradi?
β Yo'q... bo'lishi mumkin emas.
Qizlar bir-biriga shubhali nigoh tashlashdi.
Luveria esa hali bilmasdi... aynan mana shu bir necha soniyalik nigoh sabab u yaqin kunlarda ko'p muammolarga duch kelardi.
Taehyung koridor oxirigacha ko'zdan g'oyib bo'lishi bilan maktab yana shovqin-suronga to'ldi.
Luveria esa hayron holda sinfga qaytdi.
β Rostdan ham hamma unga oshiq ekan... β dedi ichida.
Sinfga kirishi bilan bir nechta qiz uning atrofiga yig'ildi.
Luveria ularga xotirjam qaradi.
β Kim Taehyung bilan ortiqcha gaplashma.
β Chunki u bizning maktabdagi eng mashhur bola.
β Nafaqat bu maktabda, butun tumanda uni tanishadi.
β Har kuni qizlar unga sevgi izhor qiladi.
β Lekin u hech kimni rad ham qilmaydi, qabul ham qilmaydi.
β Mening bunga umuman qiziqishim yo'q.
β Hamma yangi kelganlar shunday deydi.
β Keyin esa Taehyungni ko'rib fikrini o'zgartiradi.
β Ammo ogohlantirib qo'yamiz... unga yaqinlashsang, biz bilan muammoing chiqadi.
Luveria bir lahza jim turdi-da, xotirjam javob berdi:
β Men bu yerga sevgi izlab emas, o'qish uchun kelganman. Kim bilan do'stlashishimni esa o'zim hal qilaman.
Qizlar uning javobidan mamnun bo'lishmadi.
Shunday deb, ular sinfdan chiqib ketishdi.
Luveria esa deraza yonidagi joyiga o'tirib, chuqur xo'rsindi.
β "Koreyadagi birinchi kunimdayoq muammo boshlanibdi..." dedi u pichirlab.
Darslar tugagach, o'quvchilar birin-ketin sinfdan chiqa boshlashdi.
Luveria ham sumkasini yelkasiga ilib, koridor bo'ylab yurardi.
Orqasidan eshitilgan chuqur ovoz uni to'xtatdi.
Taehyung qo'llarini cho'ntagiga solgancha unga tikilib turardi.
β Men bilan bir daqiqa gaplashasanmi?
Luveria hayron bo'lsa-da, bosh irg'adi.
Ikkalasi maktabning odam kam yuradigan bog' tomoniga borishdi.
Bir necha soniya sukut saqlanib qoldi.
β Senda bir iltimosim bor, β dedi nihoyat Taehyung.
β Mening sevgilim bo'lib ko'rin.
Luveria hayratdan ko'zlarini kattaroq ochdi.
β Har kuni o'nlab qizlar ortimdan yuradi. Sevgi izhorlari, sovg'alar, xatlar... Bularning hammasidan charchadim. Agar mening sevgilim bor deb o'ylashsa, balki meni tinch qo'yishar.
β Chunki sen bu yerda yangisan. Meni yoqtiradiganlarga o'xshamaysan. Bugun ham menga umuman qiziqmading.
β Evaziga seni himoya qilaman.
β Ha. Bugun seni ogohlantirishganini ko'rdim. Agar mening sevgilim sifatida ko'rinish bersang, hech kim senga tegishga jur'at qilmaydi. Kimdir bezovta qilsa, men hal qilaman.
β Bilaman. Lekin bu ikkalamiz uchun ham foydali.
β Men o'ylab ko'rsam bo'ladimi?
β Albatta. Ertaga javobingni kutaman.
Shunday deb u ortiga o'girildi va sekin uzoqlashdi. Luveria esa uning ortidan qarab qoldi.
Luveria odatdagidan ertaroq maktabga keldi. Kecha Taehyung aytgan gaplar hali ham xayolidan ketmagandi.
β Rostdan ham rozi bo'lsammi?..
U sinfga kirib joyiga o'tirdi.
Oradan ko'p o'tmay eshik ochildi.
Taehyung xotirjam qadamlar bilan ichkariga kirdi. Odatdagidek sinfdagi qizlarning nigohlari darrov unga qadaldi.
U esa hech kimga e'tibor bermay, to'g'ri Luverianing partasi oldiga bordi.
β O'ylab ko'rdingmi? β deb so'radi Taehyung.
Luveria bir necha soniya unga qarab turdi.
Taehyungning lablarida yengil tabassum paydo bo'ldi.
Shu payt sinfdagi qizlardan biri o'rnidan turdi.
Boshqa qiz ham hayron bo'lib qaradi.
β Taehyung, nima bo'lyapti o'zi?
Taehyung hech ikkilanmay Luveriaga qo'l uzatdi.
β Endi rasman... mening sevgilimsan.
Luveria chuqur nafas olib, uning qo'lini ushladi.
Sinf bo'ylab shovqin ko'tarildi.
Taehyung esa xotirjam ohangda dedi:
β Hammangiz eshitib qo'ying. Bugundan boshlab Luveria β mening sevgilim. Shuning uchun unga hech kim tegmaydi.
Ba'zi qizlarning ko'zlari yoshlandi, ba'zilari esa Luveriaga nafrat bilan tikilib turardi.
Luveria esa ichida bitta narsani o'ylardi.
Taehyungning gapidan keyin sinfda bir necha soniya mutlaq sukunat hukm surdi.
β Taehyung uni qayerdan taniydi?
Qizlar bir-biriga qarab pichirlasha boshlashdi.
Taehyung esa Luveriaga sekin pichirladi:
Luveria sezdirmay bosh irg'adi.
Shu payt qo'ng'iroq chalindi va o'qituvchi kirib keldi.
Dars davomida deyarli hech kim o'qituvchini tinglamadi. Hamma vaqti-vaqti bilan Luveria va Taehyungga qarab qo'yardi.
Luveria endigina sinfdan chiqmoqchi bo'lganida, uch nafar qiz uning yo'lini to'sdi.
β Taehyung bilan rostdan ham uchrashyapsanmi?
β Kechagina kelib, bugun uning sevgilisi bo'lib qolibsanmi?
Qizlardan biri uning yelkasiga turtib yubordi.
β Bizni ahmoq deb o'ylayapsanmi?
Shu payt tanish ovoz eshitildi.
Qizlar bir vaqtda ortlariga o'girilishdi.
Taehyung ularga sovuq nigoh bilan tikilib turardi.
U sekin Luverianing yoniga kelib, uning bilagidan ohista ushladi.
β Men kecha nima deganimni unutdinglarmi?
β Luveriaga tegadigan odam... men bilan ish qiladi.
Qizlar indamay bir-biriga qarashdi.
Ular norozi holda uzoqlashib ketishdi.
β Endi tushundingmi? Nega seni himoya qilishimni aytgandim.
Luveria uning ortidan ketarkan, maktabdagi deyarli barcha o'quvchilar ularga qarab turganini sezdi.
Bu "soxta munosabat" endigina boshlangandi... va hali oldinda ularni bundan ham murakkab sinovlar kutardi.
Maktabdagilar allaqachon Taehyung va Luveriani "eng yangi juftlik" deb gapira boshlashgandi.
Kimdir ularga havas qilardi, kimdir esa Luveriaga nafrat bilan qarardi.
Ammo Taehyung bergan va'dasida turardi.
Har kuni ertalab uni maktab darvozasi oldida kutardi.
β Erta kelibsan, β dedi Taehyung.
β Men har doim shunday kelaman.
β Unda bugundan boshlab birga kiramiz.
Ikkalasi yonma-yon maktabga kirishdi.
Koridorda ularni ko'rgan o'quvchilar yana pichirlasha boshlashdi.
β Rostdan ham uchrashishyapti, shekilli.
Luveria bunday gaplarga e'tibor bermaslikka harakat qilardi.
Ammo tanaffus payti kutilmagan voqea yuz berdi.
Taehyungni maktabning eng mashhur qizlaridan biri yo'lda to'xtatdi.
β Taehyung, sen bilan gaplashsam bo'ladimi?
β Ikkingiz haqingizdagi gaplarga ishonmayman.
β Agar rostdan ham sevgiling bo'lsa... buni isbotla.
Atrofdagi o'quvchilar ham to'xtab, nima bo'lishini kuzata boshlashdi.
Luverianing yuragi tez ura boshladi.
Taehyung esa xotirjam qadam tashlab uning yoniga keldi.
U Luverianing qo'lidan ushladi va barmoqlarini uning barmoqlari orasiga chirmashtirdi.
Qizning yuzi birdan oqarib ketdi.
Atrofdagilar esa hayrat bilan ularga qarab qolishdi.
Luveria esa ichida bitta narsani o'ylardi:
β Bu rol... tobora haqiqiydek tuyulishni boshlayapti.
Luveria sumkasini yelkasiga ilib, Taehyung bilan maktab darvozasi tomon yurdi.
β Uyga ketamizmi? β dedi Luveria.
Taehyung birdan to'xtab qoldi.
β Bir daqiqa... Telefonimni sinfda qoldiribman shekilli.
U peshonasiga yengil urib kulimsiradi.
β Sen shu yerda kutib tur. Ikki daqiqada qaytaman.
Taehyung shoshilgancha yana maktab binosiga kirib ketdi.
Luveria esa darvoza yonida yolg'iz qoldi.
Oradan ko'p o'tmay uning oldiga bir nechta qiz kelib to'xtadi. Ularning yuzida tabassum yo'q edi.
Luveria ularga xotirjam qaradi.
Qizlardan biri uning oldiga yaqinlashdi.
β O'zingni Taehyungga munosib deb o'ylaysanmi?
β Men hech kimga o'zimni isbotlashim shart emas.
β Hali javob ham qaytaradi...
Boshqa qiz Luverianing yelkasidan qattiq turtib yubordi.
Luveria bir qadam ortga chekindi.
Bu safar Luveria muvozanatini yo'qotib yerga yiqildi.
Qizlar uning atrofiga o'rab olishdi.
β Taehyungni bizdan tortib olaman deb o'yladingmi?
β Kechagina kelib, o'zingni uning sevgilisi deb yuribsan!
Qizlardan biri Luverianing qo'lidan tortib o'rnidan turg'izdi-da, yuziga tarsaki tushirdi.
Luverianing labi yorilib, qon chiqdi.
U qarshilik ko'rsatishga urinayotgan edi, ammo qizlar son jihatdan ko'p edi.
Yana biri uning sochidan tortdi.
β Endi Taehyungga yaqinlashib ko'r!
Luveria og'riqdan ko'zlarini yumdi.
Xuddi shu payt orqadan sovuq va jahl aralash ovoz eshitildi.