Today

𝙀𝙑𝙀𝙍𝙈𝙊𝙍𝙀

𝙀𝙑𝙀𝙍𝙈𝙊𝙍𝙀 𝙀𝙋⁵

Ertasi kuni.

Taehyung odatdagidek darsdan so'ng Luverianing uyiga keldi.

Ammo bu safar eshikni Luveria emas, Minjun ochdi.

— Aka!

U quvonib Taehyungni quchoqlab oldi.

Taehyung kulib uning sochlarini siladi.

— Salom, chempion.

— Tezroq kiring!

Uy ichiga kirishi bilan Taehyung g'alati jimlikni sezdi.

— Luveria qani?

Minjunning tabassumi asta yo'qoldi.

— Opa uxlayapti...

— Nega?

— Bilmayman. Hozirgina dori ichib, boshim aylanyapti deb xonasiga kirib ketdi.

Taehyungning chehrasi jiddiylashdi.

U sekin Luverianing xonasi eshigini taqillatdi.

— Luveria?

Javob bo'lmadi.

U eshikni sekin ochdi.

Luveria karavotda yotardi. Yuzi odatdagidan oqarib ketgan, nafasi ham biroz tez edi.

— Luveria...

Qiz sekin ko'zlarini ochdi.

— Tae... kelibsanmi...

Taehyung uning peshonasiga qo'lini qo'ydi.

— Isitmang chiqibdi.

— Hechqisi yo'q... biroz dam olsam o'tib ketadi.

— Yo'q, bu "hechqisi yo'q" emas.

Shu payt Minjun ham xonaga mo'raladi.

— Opa kasal bo'lib qoldimi?

Taehyung unga muloyim ovozda javob berdi.

— Biroz tobi yo'q. Xavotir olma.

Minjun sekin opasining yoniga kelib, uning qo'lidan ushladi.

— Opa... tezroq tuzalib keting.

Luveria ukasining qo'lini mayin siqdi.

— Albatta.

Taehyung telefonini olib, shifokorga qo'ng'iroq qildi.

Bir necha daqiqadan so'ng u Luveriaga qaradi.

— Shifokor kelib ko'radi. Jarohat tuzalyapti, lekin o'zingni juda ko'p qiynagansan.

Luveria ko'zlarini yumdi.

— Men shunchaki Minjunga qarashni xohlagandim...

Taehyung stulni karavot yoniga surib o'tirdi.

— Endi esa sen dam olasan.

— Minjunga esa ikkovimiz qaraymiz.

Minjun darrov bosh irg'adi.

— Ha! Men ham yordam beraman!

Taehyung kulib kichkina bolaga qaradi.

— Demak, bugundan boshlab biz bitta jamoamiz.

Minjun quvonch bilan qo'lini uzatdi.

— Jamoa!

Taehyung ham qo'lini uning ustiga qo'ydi.

Luveria ularni kuzatib, beixtiyor kulib yubordi.

Balki... u endi bu kurashda yolg'iz emasdi.

Shifokor Luveriani ko‘rikdan o‘tkazib bo‘lgach, dori yozib berdi.

— Xavotirga o‘rin yo‘q. Jarohat yaxshi bityapti. Faqat o‘zingizni zo‘riqtirmang va ko‘proq dam oling.

— Xo‘p, doktor.

Shifokor ketgach, Taehyung eshikni yopib qaytdi.

U Luveriaga qarab jiddiy ohangda dedi:

— Endi bir necha kun sen hech qanday uy ishini qilmaysan.

Luveria darrov e'tiroz bildirdi.

— Ammo...

— Hech qanday "ammo" yo‘q.

Minjun ham boshini qimirlatdi.

— To‘g‘ri! Men ham opamga ruxsat bermayman.

Luveria ikkalasiga qarab kuldi.

— Sizlar juda kelishib oldingiz.

Taehyung oshxonaga kirib muzlatkichni ochdi.

— Bugun kechki ovqatni men qilaman.

— Tae, rostdan ham shart emas.

— Men qaror qildim.

Minjun stulga chiqib oldi.

— Aka, men ham yordam beraman!

— Mayli, lekin pichoqni ushlamaysan.

— Xo‘p!

Bir necha daqiqadan so‘ng oshxonadan kulgi ovozlari eshitila boshladi.

— Minjun, sabzini yuvib ber.

— Bo‘ldi!

— Yo‘q, suvni bunchalik ochma.

— Voy...

Shu zahoti krandan sachragan suv Taehyungning kiyimiga tegdi.

Minjun qo‘rqib ketdi.

— Kechirasiz, aka...

Taehyung bir soniya jim turdi-da, keyin kulib yubordi.

— Hechqisi yo‘q.

Bu kulgini eshitgan Luveria xonasidan chiqib keldi.

Oshxonaga kirishi bilan kulgisini tiyolmadi.

Taehyungning ko‘ylagi ho‘l bo‘lib ketgan, Minjun esa aybdorona boshini egib turardi.

— Nima bo‘ldi sizlarga?

Taehyung yelka qisdi.

— Oshpazning yordamchisi biroz shoshilib yubordi.

Minjun sekin opasining ortiga yashirindi.

— Opa... aka mendan xafa emas-a?

Taehyung darrov javob berdi:

— Albatta yo‘q.

U Minjunning oldiga kelib cho‘kkaladi.

— Xatolar ham bo‘lib turadi. Muhimi, ehtiyot bo‘lishni o‘rganish.

Minjunning yuzida yana tabassum paydo bo‘ldi.

Luveria esa Taehyungga tikilib qoldi.

U nafaqat unga, balki kichkina ukasiga ham mehr bilan muomala qilayotganini ko‘rib, yuragida iliq tuyg‘u paydo bo‘ldi.

Ichida esa sekin pichirladi:

— Balki... u faqat rol o‘ynamayotgandir...

Luveria 🪷

Kechki ovqat tayyor bo'lgach, uchalasi stol atrofiga o'tirishdi.

Minjun bir qoshiq ovqat yeboq xursand bo'lib yubordi.

— Aka, yana shunday ovqat pishirasizmi?

Taehyung kulib bosh irg'adi.

— Agar opang ruxsat bersa.

— Men ruxsat beraman!

Luveria kulib yubordi.

— Mendan oldin javob berib yubording-ku.

Ovqat tugagach, Minjunning ko'zlari asta-sekin yumila boshladi.

U bir necha marta esnadi.

— Opa... uxlagim kelyapti...

— Unda yotamiz.

Luveria o'rnidan turmoqchi bo'lganida, jarohati yana ozgina og'ridi.

Buni sezgan Taehyung darhol uning oldiga bordi.

— Sen o'tir.

— Ammo Minjunni...

— Men olib boraman.

Taehyung Minjunni ehtiyotkorlik bilan bag'riga oldi.

— Qani, chempion, yotishga boramiz.

Minjun boshini Taehyungning yelkasiga qo'ydi.

— Aka...

— Ha?

— Siz ketib qolmaysizmi?

— Sen uxlaguningcha shu yerda bo'laman.

— Va'da?

— Va'da.

Taehyung uni xonasiga olib kirib, karavotga yotqizdi.

Adyolini yopib, chiroqni xiralashtirdi.

Minjun uning qo'lidan ushlab oldi.

— Aka...

— Eshitaman.

— Menda dada yo'q...

Taehyung bir zum jim qoldi.

— Bilaman.

— Bugun siz... dadamga o'xshadingiz.

Taehyungning ko'zlarida mayin g'am paydo bo'ldi.

U Minjunning sochlarini sekin siladi.

— Endi uxla, chempion.

Minjun bir necha soniyadan so'ng uxlab qoldi.

Taehyung xonadan sekin chiqdi.

Mehmonxonaga qaytganda, Luveria deraza yonida o'tirgan edi.

— U uxladimi? — deb so'radi u.

— Ha.

Luveria jilmaydi.

— Rahmat.

Taehyung uning yonidagi divanga o'tirdi.

Uy ichida sukunat hukm surardi.

Deraza ortida esa mayin yomg'ir yog'a boshlagandi.

Taehyung tashqariga qarab sekin dedi:

— Bilasanmi... bu uyga kelganimda o'zimni g'alati xotirjam his qilaman.

Luveria unga qaradi.

— Nega?

Taehyung yengil tabassum qildi.

— Balki... bu yerda ilk marta o'zimni haqiqiy oiladek his qilayotgandirman.

Bu gapni eshitgan Luverianing yuragi yana bir marta tez urib ketdi.

Luveria🪷

Oradan yarim soat o'tgach, Taehyung ketishga tayyorlandi.

Eshik oldida Minjun yarim uyqu holatda ko'zlarini ishqalab turardi.

— Aka... ertaga ham kelasizmi?

Taehyung kulib uning boshini siladi.

— Albatta.

— Va'da?

— Va'da.

Minjun mamnun bo'lib yana xonasiga qaytdi.

Taehyung Luveriaga qaradi.

— Dorilaringni vaqtida ichishni unutma.

— Xo'p.

— Va dam ol.

— Bo'ldi, doktor janoblari, — dedi Luveria hazillashib.

Taehyung kulib yubordi.

— Yaxshi, unda ertaga ko'rishamiz.

— Xayr.

Eshik yopildi.

Uy yana jimjit bo'lib qoldi.

Luveria deraza oldiga borib, Taehyungning mashinasi uzoqlashguncha kuzatib turdi.

So'ng sekin xo'rsinib, xonasiga qaytdi.

— Nega u ketgandan keyin uy bunchalik bo'sh tuyulyapti?..

U karavotga o'tirmoqchi bo'lganida, jarohati birdan qattiq sanchib ketdi.

— Ah...

Luveria beixtiyor qo'li bilan jarohatlangan joyini ushladi.

Og'riq avvalgidan kuchliroq edi.

U asta karavotga o'tirdi.

— Shunchaki charchagandirman...

Ammo bir necha soniyadan keyin og'riq yana qaytdi.

Bu safar u chuqur nafas olib, ko'zlarini yumdi.

Shifokorning gaplari yodiga tushdi.

«"Agar og'riq kuchaysa, darhol shifoxonaga murojaat qiling."»

Luveria telefonini qo'liga oldi.

Ekranda Taehyungning ismi ko'rinib turardi.

U bir necha soniya tikilib qoldi.

— Yo'q... U endigina ketdi. Uni yana bezovta qilmayman.

Telefonni stolga qo'ydi.

Og'riqqa chidashga harakat qilib, sekin karavotga yotdi.

Ammo u bilmasdi...

Eshik tashqarisida Taehyung nimanidir unutib qolgani uchun yana qaytib kelayotgan edi.

Luveria🪷