June 28

𝐶𝑜𝑣𝑒𝑟𝑡 𝑆𝑖𝑛 || 𝑌𝑎𝑠ℎ𝑖𝑟𝑖𝑛 𝑔𝑢𝑛𝑜ℎ

Oradan yana bir necha kun o'tdi.

Nihoyat ko'chish kuni ham keldi.

Taehyung avvalroq sotib olgan yangi uy tayyor bo'lgandi.

Bu uy avvalgisidan ham kattaroq, zamonaviy va eng muhimi — xavfsiz edi.

Darvoza oldida bir nechta qo'riqchilar navbatchilik qilardi.

Mashina hovliga kirishi bilan darvoza avtomatik yopildi.

Luveriya derazadan tashqariga qarab hayratlandi.

— Juda chiroyli ekan...

Taehyung unga qarab mayin kulimsiradi.

— Senga yoqdimi?

— Juda.

Mashinadan tushishgach, Taehyung uy bo'ylab hammani aylantirdi.

Keng mehmonxona.

Yorug' oshxona.

Katta kutubxona.

Gulzor bilan o'ralgan bog'.

Rose hayrat bilan atrofga qaradi.

— Bu uy juda katta ekan.

Jhope kulib dedi:

— Men ham shuni aytgandim.

— Taehyung uy olishni yaxshi ko'radi.

Luveriya kulib yubordi.

Taehyung esa indamay hovliga chiqdi.

Shu payt qora kiyimdagi bir necha qo'riqchi uning yoniga keldi.

— Janob.

Taehyung jiddiy ohangda buyruq berdi:

— Bugundan boshlab xavfsizlik kuchaytiriladi.

— Darvozada ikki baravar ko'proq qo'riqchi bo'ladi.

— Hovli va uy atrofida tunu kun navbatchilik qilasizlar.

— Kameralar har kuni tekshirilsin.

— Hech kim mening ruxsatimsiz ichkariga kirmaydi.

Qo'riqchilar bir ovozda javob berishdi:

— Tushunarli, janob.

Biroz narida turgan Luveriya buni eshitib, Taehyungning yoniga keldi.

— Hali ham xavotirdamisiz?

Taehyung uning ko'zlariga qaradi.

— Ehtiyot bo'lish yomon emas.

— Men endi hech qanday tavakkal qilmayman.

Luveriya uning qo'lidan ushladi.

— Bu yerda o'zimni xavfsiz his qilyapman.

Taehyung yengil tabassum qildi.

— Men ham aynan shuni xohlagandim.

Ular yangi uyning ayvonida yonma-yon turib, bog'ga qarashdi.

Ortda qolgan og'ir kunlar endi faqat xotira edi.

Oldinda esa ularni yangi uy, yangi hayot va tinch kunlar kutardi.


Yangi uyga ko‘chib o‘tganlariga uch kun bo‘ldi.

Hamma asta-sekin yangi muhitga ko‘nikayotgandi.

Tonggi soat08:00.

Taehyung odatdagidek hovliga chiqdi.

U yangi o‘rnatilgan xavfsizlik tizimini tekshirib chiqardi.

Darvozalardagi kameralar.

Bog‘dagi harakat datchiklari.

Tun bo‘yi navbatchilik qilgan qo‘riqchilar.

Hammasini birma-bir ko‘zdan kechirdi.

— Hammasi joyidami? — dedi u qo‘riqchilar boshlig‘iga.

— Ha, janob.

— Tun tinch o‘tdi.

— Hech qanday shubhali harakat kuzatilmadi.

Taehyung bosh irg‘adi.

— Hushyorlikni pasaytirmang.

— Tushunarli.

Shu payt Luveriya ayvonga chiqdi.

Qo‘lida ikki piyola qahva bor edi.

— Men sizni butun uy bo‘ylab qidirdim.

Taehyung unga yaqinlashib, piyolalardan birini oldi.

— Rahmat.

Luveriya hovliga qarab hayron bo‘ldi.

— Qo‘riqchilar soni yana ko‘payibdi.

Taehyung xotirjam javob berdi:

— Ha.

— Endi bu uy 24 soat nazorat ostida bo‘ladi.

Luveriya kulib bosh chayqadi.

— Men o‘zimni prezidentdek his qilyapman.

Taehyung ham kuldi.

— Men uchun sening xavfsizliging shundan ham muhimroq.

Luveriya uning yelkasiga boshini qo‘ydi.

— Bilaman.

Shu payt Jhope va Rose ham ayvonga chiqishdi.

Jhope atrofga bir qarab, hazillashdi:

— Taehyung, bu yerga kirish uchun pasport ham kerak emasmi?

Taehyung jiddiy qiyofada javob berdi:

— Kerak bo‘lsa, shuni ham joriy qilaman.

Bir necha soniya hamma unga qarab turdi.

Keyin Rose kulib yubordi.

— U hazillashyaptimi?

Luveriya kuldi.

— Yo‘q...

— Afsuski, u jiddiy.

Jhope qo‘llarini ko‘tardi.

— Xo‘p, xo‘p. Men boshqa indamayman.

Hamma kulib yubordi.

Yangi uy ularga nafaqat xavfsizlik, balki yana bir bor bir oila bo‘lib yashash imkonini ham bergandi.


Oradan bir hafta o'tdi.

Yangi uyda hammasi tinch edi.

Hatto Taehyung ham asta-sekin xavotiri kamayayotgandek tuyulardi.

Ammo...

Bir kuni kechqurun.

Soat 22:38.

Uy ichidagi barcha chiroqlar birdaniga bir soniyaga o‘chib-yondi.

Chiq...

Jhope darhol o‘rnidan turdi.

— Elektr uzildimi?

Taehyungning nigohi keskin o‘zgardi.

— Yo‘q...

Shu zahoti hovlidan signal ovozi yangradi.

Biiip! Biiip!

Qo‘riqchilardan biri quloqchin orqali xabar berdi:

— Janob!

— Shimoliy devor yonidagi kamera ishlamay qoldi!

Taehyungning yuzi jiddiylashdi.

— Boshqa kameralar-chi?

— Hozir tekshiryapmiz...

Ikkinchi qo‘riqchi shoshilib yugurib keldi.

— Janob!

— Orqa bog‘dagi ikkita kamera ham bir vaqtda o‘chib qoldi!

Jhope darhol belidagi qurolni oldi.

— Bu tasodif emas.

Rose xavotir bilan Luveriyaning qo‘lidan ushladi.

Luveriya ham yuragining tez urayotganini sezdi.

Taehyung qisqa buyruq berdi:

— Hamma ichkarida qolsin.

— Eshiklarni qulflang.

— Hech kim tashqariga chiqmaydi.

Qo‘riqchilar darhol harakatga tushishdi.

Uy ichidagi xavfsizlik eshiklari avtomatik tarzda yopildi.

Shu payt...

Tok... Tok... Tok...

Kimdir bosh eshikni taqillatdi.

Hamma bir zumda qotib qoldi.

Jhope sekin deraza yoniga borib tashqariga qaradi.

Hech kim yo‘q.

Faqat eshik oldida...

Qora quti turardi.

Taehyungning nigohi o‘zgardi.

Bu manzara unga o'tmishni eslatdi.

U past ovozda dedi:

— Hech kim tegmasin.

Xuddi o‘sha payt uy telefonlarining hammasi bir vaqtda jiringlay boshladi.

Tring... Tring... Tring...

Rose qo‘rquv bilan pichirladi:

— Bu... yana boshlandimi?

Taehyung javob bermadi.

Uning nigohi faqat o‘sha qora qutida edi.

Bir oy davom etgan tinchlik...

Bir necha soniyada yana qo‘rquvga aylangandi.


Uy ichida vahimali sukunat hukm surardi.

Telefonlarning jiringlashi birdaniga to‘xtadi.

Hech kim qimirlamasdi.

Shu payt...

Chiq...

Barcha chiroqlar yana yonib ketdi.

Xona yana yorishdi.

Rose chuqur nafas oldi.

— Elektr qaytdi...

Ammo Taehyungning yuzi o‘zgarmadi.

— Bu elektr emas edi.

Jhope bosh eshik tomon qaradi.

— Quti hamon o‘sha yerda.

Taehyung qo‘riqchilarga buyruq berdi:

— Ikki kishi men bilan.

— Qolganlar uy ichida qoladi.

— Luveriya va Roseni qo‘riqlang.

— Tushunarli, janob!

Taehyung va Jhope ehtiyotkorlik bilan eshik tomon yurishdi.

Eshik ochildi.

Hovlida sovuq shamol esardi.

Qora quti darvoza oldida turardi.

Ammo...

Uni olib kelgan odamdan asar ham yo‘q edi.

Go‘yo u hech qachon bu yerda bo‘lmagandek.

Qo‘riqchilar atrofni tekshirishdi.

— Hech kim topilmadi, janob!

Jhope qutiga yaqinlashdi.

— Ochamizmi?

Taehyung bir necha soniya o‘yladi.

— Avval skaner qiling.

Maxsus uskuna bilan tekshirilgach, qo‘riqchi bosh irg‘adi.

— Portlovchi modda yo‘q.

Taehyung sekin qutining qopqog‘ini ochdi.

Ichida...

Faqat bitta oq atirgul bor edi.

Va uning tagida kichkina konvert.

Jhope konvertni oldi.

Unda faqat bitta jumla yozilgan edi:

"Sizlar urush tugadi deb o‘yladingizmi?"

Xonaga og‘ir sukunat cho‘kdi.

Luveriya bu yozuvni o‘qib, beixtiyor Taehyungning qo‘lidan ushladi.

— Kim buni qildi?..

Taehyung xatni yana bir bor o‘qidi.

So‘ng uni sekin bukladi.

— Bilmayman...

— Lekin bitta narsani aniq bilaman.

Jhope unga qaradi.

— Nima?

Taehyungning nigohi sovuqlashdi.

— Kim bo‘lishidan qat'i nazar...

— Bu safar oilamga yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymayman.

Tashqarida shamol yana kuchaydi.

Darvoza ortida esa, hech kim sezmagan holda, qora mashina sekin orqaga qayrilib, qorong‘ulik bag‘rida g‘oyib bo‘ldi...


Taehyung xatni qo‘lida mahkam ushlab turardi.

Uy ichidagi hamma jim edi.

Bu payt esa...

Shaharning boshqa chekkasida.

Qorong‘i ombor.

Stol ustida Felixning eski surati turardi.

Uning oldida bir yigit tik turardi.

U suratni qo‘liga olib, uzoq tikildi.

Ko‘zlarida g‘azab va alam bor edi.

— Felix...

— Senga va'da bergandim.

U suratni sekin stolga qo‘ydi.

— Seni yolg‘iz qoldirmayman.

Yigitning ismi...

Jimmy edi.

U Felixning eng yaqin do‘sti edi.

Felix vafot etganidan keyin u g‘oyib bo‘lgandi.

Hamma uni mamlakatni tark etgan deb o‘ylardi.

Ammo unday emas edi.

Jimmy yashirincha hammasini kuzatib yurgan edi.

U stol ustidagi monitorni yoqdi.

Ekranda Taehyungning yangi uyi paydo bo‘ldi.

Hovlidagi qo‘riqchilar.

Darvozalar.

Kameralar.

Hammasi kuzatuv ostida edi.

Jimmy kulimsiradi.

— Taehyung...

— Sen o‘zingni yutdim deb o‘ylayapsan.

— Lekin bu hali boshlanishi.

U yonidagi odamga qaradi.

— Tayyormi?

Niqob taqqan yigit bosh irg‘adi.

— Ha, janob Jimmy.

Jimmy sovuq ohangda dedi:

— Men ularga darrov hujum qilmayman.

— Avval...

— Ularning ishonchini sindiraman.

— Keyin esa...

— Bir-biridan ayiraman.

U monitor tomon yana qaradi.

Ekranda Luveriya bog‘da kulib turgan edi.

Jimmy ko‘zlarini qisdi.

— Qasos shoshilib olinmaydi.

— Uni sekin-sekin olish kerak.

U stol ustidagi oq atirgulni qo‘liga oldi.

— Felix...

— Endi navbat meniki.

Ombor ichida sovuq kulgi yangradi.

Shu tariqa urush tugagan deb o‘ylaganlar uchun...

Yangi va yanada xavfli dushman sahnaga chiqayotgandi.