June 29

๐‘€๐ธ๐‘…๐ถ๐ผ๐ฟ๐ธ๐‘†๐‘†||๐‘†๐ป๐ด๐น๐‘„๐ด๐‘‡๐‘†๐ผ๐‘

Qadam tovushlari bir necha soniya davom etdi.

Taq... taq...

Eshik sekin taqilladi.

Luveria cho'chib ketdi.

โ€” K-kiring...

Eshik ochildi.

Ichkariga Taehyung kirdi.

Uning nigohi bir zumda Luveriyaning yuzidagi niqobga tushdi.

Bir necha soniya indamay qarab turdi.

Luveria esa noqulay bo'lib o'rnidan turdi.

โ€” B-biror narsa kerakmidi...?

Taehyung xotirjam ohangda javob berdi.

โ€” Kechki ovqat tayyor.

โ€” Ishtaham yo'q.

โ€” Bugun deyarli hech narsa yemading.

Luveria nigohini olib qochdi.

โ€” Och emasman.

Taehyung chuqur xo'rsindi.

โ€” Och bo'lmasang ham, organizming ovqatga muhtoj.

Luveria indamadi.

Taehyung eshik tomon yurdi-da, to'xtadi.

โ€” O'n daqiqadan keyin pastga tush.

โ€” Agar tushmasam-chi?

Taehyung ortiga qaramadi.

โ€” Unda ovqatni xonangga yuboraman.

Shu gapni aytib, u xonadan chiqib ketdi.

Eshik sekin yopildi.

Luveria esa hayron qoldi.

"Men uni sovuqqon, shafqatsiz inson deb o'ylagandim..."

"Unda nega meni ovqatlanishim haqida qayg'urayotgandek tuyuldi?"

U boshini sekin chayqadi.

โ€” Yo'q... aldanma, Luveria.

โ€” U dushman.

Qiz chuqur nafas olib, yuzidagi niqobni yechdi.

Ichida esa tushunarsiz hissiyot paydo bo'layotgandi. Bu qo'rquvmi, qiziqishmi yoki boshqa narsa โ€” u hali bilmasdi.

Ovqat tugagach, Taehyung sekin o'rnidan turdi.

โ€” Menga ergash.

Luveria indamay uning ortidan yurdi.

Ikkovlari balkon tomon chiqishdi. Tungi shahar chiroqlari uzoqdan miltillab turardi.

Taehyung panjaraga suyanib, bir muddat jim qoldi.

โ€” Senga bir narsani boshidanoq aytishim kerak.

Luveria unga savol nazari bilan qaradi.

โ€” Eshitaman.

Taehyung chuqur nafas oldi.

โ€” Mening sevgan insonim bor.

Bu gap Luveriyani bir lahzaga jim qoldirdi.

โ€” Nima...?

โ€” Bu nikohni men ham xohlamadim. Uni unutganim yo'q va unutmayman ham.

Luveria indamay tinglardi.

Taehyung davom etdi.

โ€” Shuning uchun mendan mehr yoki sevgi kutma. Buni bera olmayman.

Luveria sekin bosh irg'adi.

โ€” Xavotir olmang.

Taehyung unga qaradi.

โ€” Men ham sizni sevishni rejalashtirmaganman.

Bu javobni kutmagan Taehyungning qoshlari biroz ko'tarildi.

Luveria sovuq tabassum qildi.

โ€” Bizning nikohimiz qog'ozdagi imzodan boshqa narsa emas.

Bir necha soniya ikkalasi ham jim turishdi.

So'ng Taehyung past ovozda dedi:

โ€” Demak, bir-birimizning hayotimizga aralashmaymiz.

โ€” Kelishdik.

Ikkovlari qo'l ham siqishmadi.

Faqat bir-birlariga sovuq nigoh tashlashdi.

Ular hali bilishmasdi...

Taqdir ularning orasiga nafaqat majburiy nikohni, balki qon, sir va xiyonatni ham yozib qo'ygandi.

Taehyung deraza yonida to'xtadi.

โ€” Bir narsani aniq bilib qo'y.

Luveria indamay unga qaradi.

โ€” Bu nikohni men ham xohlamadim.

โ€” ...

โ€” Bu qaror ikkalamiz uchun ham boshqalar tomonidan qabul qilingan.

Luveria chuqur nafas oldi.

โ€” Demak... ikkovimiz ham majburmiz.

โ€” Ha.

Taehyung unga yaqinlashmadi ham.

โ€” Men senga yomon munosabatda bo'lmayman. Lekin mendan er-xotin kabi yashashni kutma.

Luveria boshini sekin qimirlatdi.

โ€” Men ham buni kutmayman.

Taehyung eshik tomon yurdi.

โ€” O'z xonang bor. O'zingni bu uyda xavfsiz his qilishing uchun qo'limdan kelganini qilaman.

Bu gap Luveriyani hayratda qoldirdi.

U Taehyungni shafqatsiz mafiya vorisi deb o'ylagandi.

Ammo uning ovozida sovuqlik bo'lsa-da, yolg'on yo'q edi.

Eshik yopilgach, Luveria pichirladi:

โ€” Balki... u men o'ylagandek inson emasdir.


Ertasi tong.

Quyosh nurlari pardaning orasidan xonaga tushardi.

Luveria sekin ko'zlarini ochdi.

Bir lahzaga qayerdaligini anglay olmadi.

Ammo xonaga nazari tushishi bilan hammasi yodiga keldi.

Majburiy nikoh...

Yangi uy...

Va bajarishi kerak bo'lgan dahshatli vazifa.

U karavotdan tushib, yuz-qo'lini yuvdi. So'ng oddiy oq ko'ylak va qora yubka kiyib, pastga tushdi.

Oshxonaga kirganida Taehyung allaqachon nonushta qilayotgan edi.

U gazetasini o'qiyotgancha, Luveriyaga bir qarab qo'ydi.

โ€” Xayrli tong.

Luveria biroz hayron bo'ldi.

โ€” Xayrli tong...

Xizmatkorlar uning oldiga ham nonushta qo'yishdi.

U indamay o'tirdi.

Bir necha daqiqadan so'ng Taehyung gazetasini yig'ishtirdi.

โ€” Bugun uyni bemalol aylanib chiqishing mumkin.

Luveria boshini ko'tardi.

โ€” Rostdanmi?

โ€” Faqat uchinchi qavatdagi oxirgi xonaga kirma.

โ€” Nega?

Taehyungning nigohi jiddiylashdi.

โ€” Chunki u yer shaxsiy hududim.

Luveria ortiq savol bermadi.

โ€” Tushundim.

Taehyung o'rnidan turdi.

โ€” Men ishga ketyapman.

Eshik oldiga borgach, bir lahza to'xtadi.

โ€” Agar biror narsa kerak bo'lsa, xizmatkorlarga ayt.

Shu gapni aytib, u chiqib ketdi.

Luveria esa deraza yoniga borib, hovliga qaradi.

Taehyungning mashinasi darvozadan chiqib ketarkan, u beixtiyor pichirladi:

โ€” Sen aslida kimsan, Taehyung...?

U hali bilmasdi...

Bu uyda yopiq qolgan eng katta sir aynan o'sha taqiqlangan xonaning ortida yashiringan edi.

Taehyung ketganidan so'ng uy yana jimjit bo'lib qoldi.

Luveria sekin yo'lak bo'ylab yurardi.

Devorlarda osilgan eski suratlar uning e'tiborini tortdi.

Ba'zilarida Taehyung yosh bola edi.

Ba'zilarida esa otasi bilan turardi.

Lekin bitta ham oilaviy suratda onasi yo'q edi.

โ€” G'alati...

Shu payt yonidan o'tayotgan keksa xizmatkorni to'xtatdi.

โ€” Kechirasiz...

โ€” Ha, xonim?

โ€” Bu uydagi suratlarda nega Taehyung janobning onalari yo'q?

Xizmatkorning yuzi birdan o'zgardi.

U atrofga xavotir bilan qarab oldi.

โ€” Bu haqda gapirish mumkin emas.

โ€” Nega?

โ€” Janob bu mavzuni yoqtirmaydilar.

Shunday deb, xizmatkor shoshilib uzoqlashdi.

Luveria esa hayrat bilan uning ortidan qarab qoldi.

"Nimadir yashirishyapti..."

U zinadan ikkinchi qavatga ko'tarildi.

Yo'lakning oxirida qora rangli katta eshik ko'rindi.

"Uchinchi qavatdagi oxirgi xonaga kirma..."

Taehyungning ertalab aytgan gapi yodiga tushdi.

Luveria bir necha soniya ikkilanib turdi.

So'ng boshini chayqadi.

โ€” Yo'q... Uning ishonchini yo'qotishni xohlamayman.

U ortiga burilib ketmoqchi bo'lganida...

Pastki qavatdan shisha singanining baland ovozi eshitildi.

Luveria cho'chib ketib, darhol zinadan pastga yugurdi...

Luveria shosha-pisha pastga yugurdi.

Oshxonaga kirishi bilan yerga sochilib ketgan shisha bo'laklarini ko'rdi.

Yosh xizmatkor qiz qo'rqqanidan titrab turardi.

โ€” M-meni kechiring... Tasodifan tushirib yubordim...

Shu payt uy boshqaruvchisi jahl bilan unga baqirdi.

โ€” Bu oilaning qadimiy vazasi edi! Bilasanmi, uning narxi qancha?!

Xizmatkorning ko'zlariga yosh keldi.

โ€” Iltimos... meni ishdan haydamang...

Luveria indamay ularning oldiga bordi.

โ€” Bo'ldi.

Ikkalasi ham unga qaradi.

โ€” Bu shunchaki tasodif. Uni ayblamang.

Uy boshqaruvchisi norozi ohangda dedi:

โ€” Ammo janob Taehyung buni bilsalar...

โ€” Men o'zim gaplashaman.

Bu gapni eshitgan xizmatkor qiz hayrat bilan Luveriyaga qaradi.

โ€” Rahmat... xonim...

Luveria unga mayin jilmaydi.

โ€” Qo'ling kesilmaganmi?

โ€” Y-yo'q...

Luveria yerda yotgan katta shisha bo'lagini olmoqchi bo'ldi.

Ammo ehtiyotsizlik qilib, kaftini kesib oldi.

โ€” Ah...

Qizil qon marmar polga tomchilay boshladi.

โ€” Xonim!

Xizmatkorlar darrov uning oldiga yugurishdi.

โ€” Tezroq dori qutisini olib keling!

Luveria esa qo'lidan oqayotgan qonga tikilib qoldi.

Negadir o'gay otasining so'zlari qulog'ida yana jarangladi:

"Nikohdan keyin... uni o'ldirasan."

U beixtiyor mushtini qisdi.

โ€” Men... buni qila olmayman...

Ammo u hali bilmasdi...

Bu uydagi birinchi to'kilgan qon uning qo'lidan emas, taqdiridan boshlangan edi.

Xizmatkor Luveriyaning qo'lini ehtiyotkorlik bilan bog'lab qo'ydi.

โ€” Endi yaxshi, xonim. Faqat bugun qo'lingizni ko'p ishlatmang.

โ€” Rahmat...

Luveria sekin xonasiga qaytdi.

Deraza yoniga borib, bog'ga qaradi.

Qanchalik katta va chiroyli bo'lmasin, bu uy unga hanuz begona edi.

Shu payt hovlidan mashina ovozi eshitildi.

U pastga qaradi.

Qora avtomobil darvoza oldida to'xtagan edi.

โ€” Taehyung...?

โ€” Axir u kechgacha kelmayman degandi...

Bir necha soniyadan so'ng Taehyung uyga kirib keldi.

U kostyumining yenglarini yechar ekan, nigohi darrov Luveriyaning bog'langan qo'liga tushdi.

โ€” Qo'lingga nima bo'ldi?

โ€” Hech narsa... shunchaki ozgina kesilib qoldim.

Taehyung qoshlarini chimirdi.

โ€” Qani, ko'rsat.

โ€” Keragi yo'q...

โ€” Luveria.

Uning ovozi baland emasdi, ammo rad etib bo'lmaydigan darajada qat'iy edi.

Luveria sekin qo'lini uzatdi.

Taehyung bog'lamga bir qarab, chuqur xo'rsindi.

โ€” "Hech narsa" deysan-u, qo'lingni ancha kesibsan.

โ€” Ehtiyotsizlik qildim.

โ€” Keyingi safar ehtiyot bo'l.

Shu payt uy boshqaruvchisi yaqinlashdi.

โ€” Janob, bu mening aybim. Xonim xizmatkorni himoya qilaman deb...

Taehyung uning gapini bo'ldi.

โ€” Tasodif bo'lgan ekan, boshqa bu mavzuni ochmang.

โ€” Xo'p, janob.

Uy boshqaruvchisi chiqib ketdi.

Luveria hayrat bilan Taehyungga qaradi.

U hech kimga baqirmadi.

Hech kimni jazolamadi.

Faqat xotirjamgina dedi:

โ€” Dam ol. Yaraga suv tegmasin.

Shu so'zlarni aytib, u ish xonasiga kirib ketdi.

Luveria esa uning ortidan qarab qoldi.

"U aslida qanday inson...? Sovuqqon mafiya vorisimi... yoki men hali tanimagan boshqa biri?"

Kech tushgandi.

Uy yana odatdagidek sokin edi.

Luveria xonasida kitob o'qishga urinardi, ammo xayoli boshqa joyda edi.

Shu payt eshik taqilladi.

โ€” Kiring.

Ichkariga keksa xizmatkor ayol kirdi.

โ€” Xonim, janob sizni kechki ovqatga kutyaptilar.

โ€” Hozir tushaman.

Bir necha daqiqadan so'ng Luveria ovqat xonasiga kirdi.

Taehyung allaqachon stol boshida o'tirardi.

U boshini ko'tarib, Luveriyaga qaradi.

โ€” Qo'ling yaxshimi?

Luveria biroz hayron bo'ldi.

โ€” Ha... ancha yaxshi.

โ€” Yaxshi.

Yana sukut.

Faqat idishlarning mayin ovozi eshitilib turardi.

Birdan Taehyung telefoniga qo'ng'iroq bo'ldi.

Ekranga bir qaradi-yu, darhol javob berdi.

โ€” Gapir.

Uning chehrasi bir zumda jiddiylashdi.

โ€” Nima deding?

...

โ€” Hech kimga bildirmang.

...

โ€” Men hozir boraman.

U telefonni o'chirib, darhol o'rnidan turdi.

Luveria xavotir bilan unga qaradi.

โ€” Tinchlikmi?

Taehyung kostyumining tugmasini qadarkan, qisqa javob berdi.

โ€” Ish.

โ€” Kech bo'lib qoldi-ku...

Taehyung bir lahza to'xtadi.

โ€” Mening ishimning vaqti bo'lmaydi.

Shu gapni aytib, u chiqib ketdi.

Bir necha soniyadan so'ng tashqaridan mashinaning ovozi eshitildi.

Luveria deraza yoniga borib qaradi.

Qora mashina qorong'ulik bag'riga singib ketdi.

Uning yuragida tushunarsiz bezovtalik paydo bo'ldi.

Negadir...

Bu tun oddiy tun emasdek tuyulardi.

Oradan deyarli ikki soat o'tdi.

Uy jimjit edi.

Luveria hali ham uxlay olmasdi.

U deraza oldida o'tirib, hovliga termulardi.

Shu payt tashqarida mashina faralari ko'rindi.

โ€” Qaytdi...

Darvoza ochildi.

Taehyungning mashinasi hovliga kirib keldi.

Ammo bu safar nimadir boshqacha edi.

Mashina to'xtashi bilan ikki qo'riqchi shosha-pisha orqa eshikni ochdi.

Taehyung sekin tashqariga tushdi.

U odatdagidek tik yurishga harakat qilardi, ammo qadamlaridan charchoq sezilardi.

Luveria beixtiyor zinadan pastga tushdi.

Eshik ochilishi bilan Taehyung ichkariga kirdi.

Kostyumining yengi yirtilgan, qo'lining chetidan esa ozroq qon oqayotgan edi.

Luveria bir zum qotib qoldi.

โ€” Siz... yaralangansiz.

Taehyung beparvo qaradi.

โ€” Arzimaydi.

U zinaga qarab yurmoqchi bo'lganida, biroz muvozanatini yo'qotdi.

Luveria uning qo'lidan ushladi.

โ€” Ehtiyot bo'ling.

Taehyung unga qaradi.

Ikkovi bir necha soniya indamay turishdi.

โ€” Birinchi yordam qutisi qayerda? โ€” dedi Luveria past ovozda.

โ€” Kerak emas.

โ€” Kerak.

Bu safar Luveriyaning ovozi qat'iy edi.

โ€” Yaraga infeksiya tushishi mumkin.

Taehyung bir lahza sukut saqladi.

So'ng sekin bosh irg'adi.

โ€” Mehmonxonadagi javonda.

Luveria darhol dori qutisini olib keldi.

U paxtani antiseptikka botirib, ehtiyotkorlik bilan Taehyungning qo'lidagi jarohatni tozalay boshladi.

โ€” Achishyaptimi?

โ€” Yo'q.

Luveria uning yuziga qaradi.

โ€” Yolg'on gapiryapsiz.

Taehyung labining chetida juda sezilarsiz tabassum paydo bo'ldi.

โ€” Balki.

Bu ularning nikohidan beri birinchi marta bir-biriga dushmandek emas, oddiy insondek gaplashishlari edi.

Luveria bogโ€˜lamni ehtiyotkorlik bilan tugib qoโ€˜ydi.

โ€” Boโ€˜ldi...

Taehyung qoโ€˜liga bir qarab oldi.

โ€” Rahmat.

Bu soโ€˜zni undan eshitishni kutmagan Luveria bir lahza jim qoldi.

โ€” Arzimaydi.

Taehyung oโ€˜rnidan turmoqchi boโ€˜ldi, ammo yelkasidagi ogโ€˜riq sabab biroz qiyshaydi.

Luveria buni payqadi.

โ€” Qoโ€˜lingizdan tashqari yelkangiz ham jarohatlanganmi?

โ€” Yoโ€˜q.

โ€” Yana yolgโ€˜on.

Taehyung chuqur xoโ€˜rsindi.

โ€” Shunchaki urilgan.

โ€” Shifokorni chaqiraymi?

โ€” Kerak emas.

Luveria boshqa tortishmadi.

Taehyung zinadan yuqoriga koโ€˜tarila boshladi.

Bir necha qadam yurgach, toโ€˜xtadi.

โ€” Luveria.

โ€” Ha?

โ€” Bugun menga yordam berganing uchun... yana bir bor rahmat.

Shu gapni aytib, u xonasiga kirib ketdi.

Luveria esa koridorda yolgโ€˜iz qoldi.

U sekin qoโ€˜llariga qaradi.

Bir necha kun oldin aynan shu qoโ€˜llar bilan Taehyungni oโ€˜ldirish haqida buyruq olgandi.

Bugun esa...

Oโ€˜sha qoโ€˜llar uning yarasini bogโ€˜ladi.

Luveriya koโ€˜zlarini yumdi.

โ€” Bu ish tobora qiyinlashyapti...

U bilmasdi...

Ertasi kuni ertalab eshik tagida topadigan noma'lum xat uning hayotini yana butunlay oโ€˜zgartirib yuborishini.