ππΈπ πΆπΌπΏπΈππ||ππ»π΄πΉππ΄πππΌπ
Luveria eshikni ochishi bilan polga tashlab ketilgan qora konvertni ko'rdi.
Ichidan bitta surat va kichkina qog'oz chiqdi.
Suratda kecha yaralangan Taehyung mashinadan tushayotgan payti aks etgandi.
Luveriyaning qo'llari titrab ketdi.
Qog'ozda esa atigi bir jumla yozilgan edi:
"Hali ham vazifangni unutganing yo'q, shundaymi?"
Qog'ozning pastki qismida hech qanday ism yo'q edi.
Faqat qora siyoh bilan chizilgan ilon belgisi.
Luveriyaning rangi oqarib ketdi.
Bu... o'gay otasining yashirin tashkiloti belgisi edi.
Narigi tomondan sovuq ovoz eshitildi.
β Uch kundan keyin janob Kim Taehyung xayriya kechasiga boradi.
Luveriyaning yuragi tez ura boshladi.
β O'sha kecha sening birinchi va oxirgi imkoniyating bo'ladi.
Luveria telefonni sekin tushirdi.
β Men... nima qilaman endi...
Aynan shu payt pastdan Taehyungning ovozi eshitildi.
Luveria shosha-pisha surat va xatni tortmaga yashirdi.
U chuqur nafas olib, xonasidan chiqdi.
Yo'lakning narigi chetida turgan kimdir uning qo'lidagi qora konvertni ko'rishga ulgurgandi.
Luveria chuqur nafas olib, oshxonaga kirdi.
Taehyung odatdagidek stol boshida o'tirardi.
U boshini ko'tarib, Luveriyaga qaradi.
Luveria bir lahza ikkilanib qoldi.
Aslida esa tun bo'yi ko'ziga uyqu kelmagandi.
Taehyung uning yuziga sinchkov tikildi.
β Yolg'on gapirishni bilmaysan.
Xizmatkorlar nonushtani qo'yib chiqib ketishdi.
Bir necha daqiqa ikkalasi ham sukutda ovqatlandi.
Shu payt Taehyung stakanini stolga qo'ydi.
β Bugun kechqurun bir xayriya tadbiriga boramiz.
Luveriyaning qo'lidagi qoshiq yerga tushib ketdi.
Jaranglagan ovoz butun xonani tutdi.
β H-ha... shunchaki qo'lim sirg'alib ketdi.
"Demak... qo'ng'iroqdagi gap rost ekan..."
Taehyung hech narsadan shubhalanmagandek davom etdi.
β Tayyor bo'l. Soat yettida chiqamiz.
Nonushta tugagach, Taehyung o'rnidan turdi.
Eshik oldiga borganda yana bir bor ortiga qaradi.
β O'zingni majburlama. Agar bu uyda nimadir seni bezovta qilayotgan bo'lsa, menga ayt.
Luveriyaning yuragi siqilib ketdi.
Luveriya esa joyida qotib qoldi.
Endi uning oldida bitta savol turardi...
O'gay otasining buyrug'ini bajaradimi... yoki Taehyungning ishonchiga xiyonat qilmaydimi?
Kech soat oltida xizmatkorlar Luveriyaning xonasiga kirishdi.
β Xonim, tayyorgarlikni boshlashimiz kerak.
To'shak ustiga uzun qora libos qo'yildi.
Libos sodda edi, ammo nihoyatda nafis.
Luveria indamay uni kiyib oldi.
Sochlari yengil turmak qilindi, bo'yniga esa nozik kumush taqinchoq taqildi.
Taehyung bir lahza unga tikilib qoldi.
Qora kostyumdagi yigit bilan qora libosdagi qiz yonma-yon turganda, ular haqiqiy er-xotindek ko'rinardi.
Ammo ikkalasi ham bu nikohning haqiqatini bilardi.
Taehyung indamay qo'lini uzatdi.
Luveria bir zum ikkilanib turdi-da, qo'lini uning qo'liga qo'ydi.
Pastga tushishlari bilan mashina allaqachon tayyor edi.
Mashina shahar ko'chalarida harakatlana boshladi.
Ichkarida esa og'ir sukunat hukm surardi.
Luveria derazadan tashqariga qarab o'tirardi.
Ko'ylagining yashirin cho'ntagida esa o'gay otasi bergan kichkina flakon bor edi.
Uning barmoqlari beixtiyor flakonga tegdi.
"Yo'q... men buni qila olmayman..."
Shu payt Taehyung uning titrayotgan qo'llarini payqab qoldi.
Luveria tezda qo'lini tortib oldi.
β Yo'q... shunchaki biroz hayajondaman.
Taehyung kostyumining orqa o'rindig'ida turgan pidjakni olib, uning yelkasiga sekin yopdi.
β Tadbirlarda birinchi marta qatnashayotganing uchun normal holat.
Luveriya hayrat bilan unga qaradi.
"Nega menga yaxshi munosabatda bo'lyapsan...?"
Mashina ulkan mehmonxona oldida to'xtadi.
Taehyung mashinadan tushib, yana qo'lini uzatdi.
Luveria uning qo'liga qaradi...
So'ng o'zining yashirin cho'ntagidagi flakonga.
Uning taqdirini butunlay o'zgartirishi mumkin edi.
Mehmonxonaning ulkan eshiklari ochilishi bilan yuzlab mehmonlarning nigohi ularga qadaldi.
Fotoapparatlar chaqnay boshladi.
Taehyung xotirjam qadam tashlar, Luveria esa uning yonida yurardi.
U bunday muhitga umuman o'rganmagan edi.
Taehyung buni sezib, sekin pichirladi:
β Xotirjam bo'l. Faqat menga ergash.
Zalga kirishlari bilan turli kompaniya egalari va mehmonlar Taehyung bilan salomlasha boshlashdi.
β Janob Kim, to'yingiz muborak bo'lsin.
β Turmush o'rtog'ingiz juda go'zal ekan.
Taehyung faqat odob yuzasidan bosh irg'adi.
Luveria esa noqulay bo'lib qolgan edi.
Shu payt ofitsiant ichimliklar solingan patnisni ko'tarib ularning oldidan o'tdi.
Luveriyaning yuragi birdan tez ura boshladi.
U qo'lini sumkasiga olib bordi.
Flakon hali ham o'sha yerda edi.
Taehyung bir keksa mehmon bilan jiddiy suhbatlashayotgan, uning yuzida hech qanday shubha yo'q edi.
Luveriyaning qo'li titray boshladi.
U flakonni yana sumkasiga qaytarib qo'ydi.
Xuddi shu paytda zalning narigi burchagida qora kostyum kiygan noma'lum erkak ularni kuzatib turgandi.
U qulog'idagi naushnikka sekin gapirdi:
Narigi tomondan sovuq ovoz eshitildi:
β Unda... ikkinchi rejani boshlang.
Bu kecha Taehyungning hayoti nafaqat uning qo'lida, balki boshqa birovning ham nishonida edi.
Musiqa mayin yangrar, mehmonlar bir-biri bilan suhbatlashardi.
Luveria esa o'zini g'alati his qilardi.
Birdan uning yelkasiga kimdir yengil tegdi.
Qora kostyum kiygan notanish erkak qo'lidagi qadahni unga uzatdi.
β Janob Kim sizga yubordilar.
Luveria qadahni olarkan, Taehyung tomonga qaradi.
U boshqa mehmonlar bilan gaplashayotgandi.
Notanish erkak hech narsa demay olomon orasiga singib ketdi.
Oradan bir necha daqiqa o'tgach, Taehyung Luveriyaning yoniga keldi.
Taehyungning nigohi uning qo'lidagi qadahga tushdi.
β Siz yubordingiz, deyishdi.
Taehyungning chehrasi birdan jiddiylashdi.
β Men hech narsa yubormadim.
Luveriyaning yuragi bir urishni o'tkazib yuborgandek bo'ldi.
Taehyung hech ikkilanmay uning qo'lidan qadahni oldi.
Qadah Taehyungning qo'lidan yerga tushib chil-chil sindi.
Mehmonlar cho'chib ortga qarashdi.
Taehyung polga to'kilgan suyuqlikka tikildi.
Uning nigohi sovuqlashib ketdi.
Qo'riqchilar darhol ularning atrofini o'rab olishdi.
Taehyung past ovozda Luveriyaga dedi:
β Mendan bir qadam ham uzoqlashma.
Luveria nima bo'layotganini tushunmay qolgandi.
Ammo Taehyung allaqachon bitta narsani anglagan edi...
Mehmonlar nima bo'lganini tushunmay, bir-birlariga savol bera boshlashdi.
Taehyung esa bir soniya ham vaqtni boy bermadi.
β Hammani tashqariga olib chiqing.
Qo'riqchilar darhol buyruqni bajarishga kirishishdi.
Luveriya esa hali ham qotib qolgandi.
Taehyung uning bilagidan ushladi.
Ikkovlari mehmonxonaning orqa yo'lagiga chiqishdi.
Taehyung birinchi marta jiddiy ohangda so'radi:
Luveriya uning ko'zlariga qaradi.
β So'nggi kunlarda senga tahdid qilgan odam bo'ldimi?
Bu savol Luveriyaning yuragini muzlatib yubordi.
Taehyung bir necha soniya unga tikilib turdi.
Luveriya ko'zlarini olib qochdi.
Yo'lak oxiridan o'q ovozi yangradi.
Taehyung bir lahzada Luveriyani o'ziga tortib, devor ortiga yashirdi.
Ikkinchi o'q devorga tegib, uchqun sachratdi.
Luveriya qo'rquvdan qaltirab ketdi.
Taehyung qulog'idagi aloqa vositasini bosdi.
β Shimoliy yo'lak. Darhol yetib keling!
Taehyung Luveriyani orqasiga yashirib turardi.
Uning butun diqqati hujumchi tomonda edi.
Luveriya esa hayrat ichida unga qarab qoldi.
"U... meni himoya qilyaptimi?"
Axir bu odamni o'ldirish uchun shu yerga kelgandi.
O'z hayotini xavf ostiga qo'yayotgan inson aynan Taehyung edi.