𝑀𝐸𝑅𝐶𝐼𝐿𝐸𝑆𝑆||𝑆𝐻𝐴𝐹𝑄𝐴𝑇𝑆𝐼𝑍
Qalin sukunatni faqat devordagi eski soatning "tik-tak" ovozi buzardi. Xonaning markazida turgan erkakning nigohi muzdek edi. Qo'lidagi viski qadahi sekin aylana boshladi.
Erkak chuqur xo'rsinib, uning ko'zlariga tikildi.
— Endi sening navbating keldi.
Luveria tushunmay qoshlarini chimirdi.
Erkak stol ustiga bir papka tashladi. Ichidan bir yigitning surati sirg'alib chiqdi.
— Bu mening eng katta dushmanimning o'g'li.
Luveria suratga yana bir bor qaradi.
— Menga buni nega ko'rsatyapsiz?
Erkakning labida sovuq tabassum paydo bo'ldi.
— Chunki sen unga turmushga chiqasan.
Qizning qo'lidan surat sirg'alib yerga tushdi.
— Nikohdan keyin uning ishonchini qozonasan.
— N-Nima... nimalar deyapsiz axir...?
Luverianing ovozi bo'g'zida qolib ketdi. Nafasi og'irlashib, yuragi qattiq ura boshladi.
— Men odam o'ldira olmayman...
— Yo'q! Men bunga rozi emasman!
— Esingda bo'lsin, Luveria... bu oilada hech kim menga qarshi chiqmaydi.
Luverianing ko'zlari yoshga to'ldi.
Erkak sovuq nigoh bilan unga yaqinlashdi.
— Unda keyingi tobutniki sen bo'lasan.
Bu gapdan so'ng Luverianing rangi oqarib ketdi. U ortga bir qadam tashladi.
Erkak esa eshik tomon yurarkan, so'nggi marta ortiga qaramasdan dedi:
— To'yga tayyorlan. Senda atigi ikki hafta bor.
Luveria esa qo'llari titragancha yerda yotgan suratni oldi.
Suratdagi yigitning sovuq nigohi go'yo unga bir narsani aytayotgandek edi...
"Bu o'yinda qurbon kim bo'ladi?"
Luverianing oyoqlarida hol qolmadi. U sekin devorga suyanib pastga sirg'aldi va muzdek marmar polga cho'kdi.
Shivirlagan ovozi bo'sh xonada aks-sado berdi.
Ko'z yoshlaridan biri yonoqlaridan oqib tushib, muzdek polga tomchilab ketdi.
— Men hech kimga yomonlik qilmaganman-ku...
U tizzalarini bag'riga bosib oldi. Nafasi titrar, ko'ksidagi og'riq esa tobora kuchayardi.
Stol ustida yotgan suratga yana bir bor qaradi.
Suratdagi yigit kulmayotgan bo'lsa ham, nigohida qandaydir sokinlik bor edi.
— Seni umuman tanimayman... — dedi u ko'z yoshlarini artishga urinib. — Ammo endi meni senga qarshi qurol qilishmoqchi...
— Men odam o'ldira olmayman...
Xonadagi soat yana bir marta jarangladi.
Har bir soniya go'yo uning hayotini o'zgartirayotgan edi.
Shu payt eshik tashqarisidan qo'riqchining ovozi eshitildi.
— Xonim, janob sizni ertaga ertalab soat sakkizda mashg'ulot zalida kutishlarini aytdilar.
Luveria javob bermadi.
U faqat ko'zlarini yumdi.
Ichida esa bitta savol tinmay takrorlanardi
–Hammangizni JIN URSIN LA'NATILAR!!!–dedi qiz bor ovozi bilan baqirib yubordi va koʻzlarini sekin yumdi.
Tun allaqachon shaharni qora pardadek qoplagandi.
Luveria hamon pol ustida o'tirar, yig'idan qizarib ketgan ko'zlari bir nuqtaga qadalgan edi.
Eshik ochilib, xizmatkor ayol ichkariga kirdi. Qo'lida choy solingan patnis bor edi.
Luveriaga bir qaradi-yu, uning ahvolini ko'rib yuragi ezildi.
— Xonim... biror narsa yeb oling. Ertalabdan beri hech narsa yemadingiz.
Luveria boshini sekin chayqadi.
Ayol xo'rsinib, patnisni stol ustiga qo'ydi.
— Janobning g'azabi tez bosiladi. Balki ertaga fikrlarini o'zgartirar...
Luveria achchiq kulib yubordi.
— Siz u kishini mendan ham yaxshi bilasiz. Bir marta aytgan qaroridan hech qachon qaytmaydi.
U chiqib ketishga chog'langanida, Luveria uni to'xtatdi.
— Agar bir kun kelib men bu uydan qaytib kelmasam... meni yomon inson deb o'ylamang.
Ayolning ko'zlariga yosh qalqdi.
Luveria jilmayishga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi.
Luveria deraza yoniga borib, qorong'i osmon sari qaradi.
U stol ustidagi suratni qo'liga oldi.
— Ammo taqdir ikkovimizni bir-birimizning dushmaniga aylantiryapti.
U suratdagi yigitning yuziga uzoq tikildi.
— Balki... ikkovimiz ham bu o'yinning shunchaki qurbonimizdir...
Tun allaqachon shaharni qora pardadek qoplagandi.
Luveria hamon pol ustida o'tirar, yig'idan qizarib ketgan ko'zlari bir nuqtaga qadalgan edi.
Eshik ochilib, xizmatkor ayol ichkariga kirdi. Qo'lida choy solingan patnis bor edi.
Luveriaga bir qaradi-yu, uning ahvolini ko'rib yuragi ezildi.
— Xonim... biror narsa yeb oling. Ertalabdan beri hech narsa yemadingiz.
Luveria boshini sekin chayqadi.
Ayol xo'rsinib, patnisni stol ustiga qo'ydi.
— Janobning g'azabi tez bosiladi. Balki ertaga fikrlarini o'zgartirar...
Luveria achchiq kulib yubordi.
— Siz u kishini mendan ham yaxshi bilasiz. Bir marta aytgan qaroridan hech qachon qaytmaydi.
U chiqib ketishga chog'langanida, Luveria uni to'xtatdi.
— Agar bir kun kelib men bu uydan qaytib kelmasam... meni yomon inson deb o'ylamang.
Ayolning ko'zlariga yosh qalqdi.
Luveria jilmayishga urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi.
Luveria deraza yoniga borib, qorong'i osmon sari qaradi.
U stol ustidagi suratni qo'liga oldi.
— Ammo taqdir ikkovimizni bir-birimizning dushmaniga aylantiryapti.
U suratdagi yigitning yuziga uzoq tikildi.
— Balki... ikkovimiz ham bu o'yinning shunchaki qurbonimizdir...
Tong otishiga hali ancha bor edi.
Luveria bir daqiqa ham uxlay olmadi. Deraza yonida tik turgancha, qorong'u osmonga termulardi.
Birdan eshik qattiq taqilladi.
— Xonim Luveria. Janob sizni kutyaptilar.
U chuqur nafas oldi-da, indamay eshik tomon yurdi.
Pastga tushishi bilan o'gay otasi allaqachon kutib turgan edi. Uning yonida qora kostyumdagi bir necha qo'riqchi saf tortgan.
— Kechagi gaplarimni yaxshilab o'ylab chiqdingmi?
U qo'riqchilardan biriga ishora qildi.
Qora papka Luveriyaning qo'liga tutqazildi.
— Bu yigit haqidagi barcha ma'lumotlar. Kimligi, odatlari, zaif tomonlari... Hammasini yod olasan.
Luveria papkani ochishga ham jur'at qilmadi.
Erkakning chehrasi birdan jiddiylashdi.
— Unda bu safar men faqat seni emas...
U bir lahza to'xtab, sovuq ohangda davom etdi.
— ...senga qadrli bo'lgan har qanday insonni yo'qotasan.
Luveriyaning ko'zlari katta ochildi.
— Siz... bunday qila olmaysiz.
Luveria esa papkani mahkam ushlagancha qotib qoldi.
Lekin bu odamdan qochish... deyarli imkonsiz edi.
–Nega... nega doim meni farzandlaringizdan ajratasiz men sizdan mehr kutmayabman shunchaki bir martta boʻlsa ham fikrimni eshiting doim siz hayotimni barbod qilasiz endi makatbni bitirdim meni oʻqish niyatim bor edi lekin meni fikrimni bu uyda hatto onam ham eshitmaydi sizdan Nafratlanam...Eshityabsizmi nafratlanaman...–Luveria ichida qolgan barcha narsalarni gapirgandan keyin ancha yengil tortdi va kozini yumib ochdi soʻngra sekin nafas oldi
Bu gaplarni eshitgan ogʻay otasi gʻazablandi va qoʻlini koʻtarib sekin uni yuziga tarsaki tushurmoqchi boʻlganda Luverianing Onasi yugurib keldi.
–toʻxtang iltimos qizim bilan oʻzim gaplashaman faqta urmang oʻzim aqlini kiritib qoyaman–dedi.
–Shukur qil bu safar qutulib qolding.
To'y kuni
Bugun Luveriyaning to'y kuni edi.
Butun saroy oppoq gullar, qimmatbaho qandillar va hashamatli bezaklar bilan bezatilgan bo'lsa-da, uning ko'ziga bularning bari motamdek ko'rinardi.
Xonadagi oynaning qarshisida oq kelinlik kiygan Luveria jonsiz haykaldek o'tirardi.
Vizajist uning yuzidagi yosh izlarini berkitishga urinar, ammo har safar yangi yoshlar oqib tushardi.
— Xonim... iltimos, yig'lamang. Pardoz buzilib ketadi.
— Mening hayotim buzilib bo'lgan. Pardozning nima ahamiyati bor...
Oradan bir necha daqiqa o'tgach, eshik ochildi.
Ikki xizmatkor Luveriyaning uzun ko'ylagini ushladi.
U o'rnidan turishga harakat qildi.
Yuragi shu qadar qattiq urardiki, go'yo ko'ksidan otilib chiqadigandek edi.
U birinchi qadamni zo'rg'a tashladi.
Har bir qadami unga tonnalab yuk ortilgandek og'ir tuyulardi.
Ko'zlaridan yosh tinmay oqardi.
— Men buni xohlamayman... — dedi u pichirlab.
Marosim zalining eshiklari asta ochildi.
Yuzlab mehmonlarning nigohi bir zumda Luveriyaga qadaldi.
U esa boshini ko'tarishga ham jur'at eta olmadi.
Ko'z yoshlarini artishga urinarkan, qaltirayotgan qo'llarini ko'ylagining etagiga yashirdi.
— Yur, — dedi o'gay otasi sovuq ovozda.
Luveria unga bir lahza qaradi.
O'sha nigohda qo'rquv, nafrat va umidsizlik bir-biriga qorishib ketgandi.
Ichida esa faqat bitta tilak bor edi...
" iltimos kimdur meni bu dahshatdan qutqarsin..."
Marosim zalidagi musiqa sekin yangray boshladi.
Luveria boshini eggancha yo'lak bo'ylab yurardi.
Ko'z yoshlaridan oppoq fota ham nam bo'lib ketgandi.
Zalning narigi tomonida esa kuyov tik turardi.
Uning yuzi sovuq, nigohi esa mutlaqo hissiz edi.
Luveria unga bir lahza qaradi.
"Demak... shu insonni o'ldirishim kerak..."
Bu o'y uning yuragini yana ezib yubordi.
Nihoyat u kuyovning yoniga kelib to'xtadi.
Marosimni olib boruvchi kishi tabassum bilan ularga qaradi.
— Bugundan boshlab sizlar bir-biringizning umr yo'ldoshingiz bo'lasizlar...
Luveria eshitayotgan bo'lsa ham, go'yo hech narsani anglamayotgandi.
Quloqlarida faqat yuragining urishi jaranglardi.
Luveria lablarini qattiq tishladi.
Ko'zidan yana bir tomchi yosh oqib tushdi.
Bu so'zni aytish unga hayotidagi eng og'ir azobdek tuyuldi.
Oradan ko'p o'tmay, navbat kuyovga keldi.
U Luveriyaga bir qarab qo'ydi.
Qizning ko'zlaridagi qo'rquvni ko'rdi.
Marosim tugashi bilan zalni qarsaklar tutdi.
Faqat kelin va kuyovgina kulmayotgandi.
Shu payt Luveriya beixtiyor o'gay otasi tomonga qaradi.
Erkak unga sezdirmay bosh irg'adi.
Luveriyaning qo'llari yana titray boshladi.
U ichida bir narsani his qildi...
Bu nikoh sevgi bilan emas, qon bilan yakunlanishi mumkin edi.
Hashamatli qora mashina ulkan temir darvoza oldida to'xtadi.
Luveria oynadan tashqariga qararkan, ko'zlari hayratdan kattalashdi.
Mashina hovliga kirishi bilan o'nlab qo'riqchilar bir safga tizilishdi.
Luveria zo'rg'a mashinadan tushdi.
Shu payt chuqur va sovuq ovoz eshitildi.
Luveria asta boshini ko'tardi.
Qora kostyum, sovuq nigoh va mutlaqo hissiz chehra...
U bir necha soniya Luveriyaga tikilib turdi.
Ko'zlari qizning yig'laganini darrov sezdi.
Ammo bu haqida hech narsa demadi.
Bu buyruqqa o'xshagan ohang edi.
Luveria indamay uning ortidan yurdi.
Saroyning ichi ham tashqarisi kabi dabdabali edi.
Baland shiftlar, marmar pollar va qimmatbaho rasmlar...
Lekin Luveriyaga bu joy sovuq qafasdek tuyulardi.
— Mening ishlarimga aralashmaysan.
— Ruxsatimsiz hech qayerga chiqmaysan.
Taehyung bir necha qadam yaqinlashdi.
— Bu nikoh faqat oilalarimiz uchun.
— Mendan er bo'lishimni kutma.
Luveriyaning yuragi yana siqildi.
Taehyung bir lahza unga qarab qoldi.
— Xonang ikkinchi qavatda. –dedi soʻvuq ohangda qizga jiddiy qaradi.
Luveria esa zinadan ko'tilar ekan, ko'zlariga yana yosh qalqdi.
Aynan shu uyda nafaqat sirlar, balki uning butun hayotini o'zgartiradigan haqiqatlar yashiringan edi.
Luveria xonasining eshigini sekin yopdi.
Bugungi uzun va og'ir kun ortda qolgandek tuyuldi.
U chuqur xo'rsinib, kelinlik libosining fermuarini sekin tushirdi. Oppoq ko'ylak yelkasidan sirg'alib polga tushdi.
Bir necha soniya unga tikilib turdi.
— Bugun... men erkinligimni ham shu libos bilan yechgandek bo'ldim...
U shkafdan oddiy ipak tungi kiyimini oldi va kiyib oldi.
So'ng vannaxonaga kirib, yuzidagi pardozni ehtiyotkorlik bilan yuvdi.
Oynaga qaraganida, ko'zlari yig'idan shishib ketganini ko'rdi.
Stol ustidagi yuz niqobini (maska) olib, yuziga ehtiyotkorlik bilan qo'ydi.
Yotoq yonidagi kresloga o'tirib, ko'zlarini yumdi.
Xonada faqat konditsionerning mayin shovqini eshitilardi.
Ammo uning xayoli tinch emasdi.
"Bir kuni... men rostdan ham uni o'ldira olamanmi?"
U boshini orqaga tashlab, ko'zlarini mahkam yumdi.
Eshik tashqarisidan sekin qadam tovushlari eshitildi.
Kimdir uning xonasi oldida to'xtagandi.