Today

π™€π™‘π™€π™π™ˆπ™Šπ™π™€

π™€π™‘π™€π™π™ˆπ™Šπ™π™€ 𝙀𝙋³

Telefon ushlab turgan yigit kulib yubordi.

β€” Voy, uzr! Juda yaxshi kadr chiqdi.

Taehyung qo'lini Luverianing belidan oldi.

β€” O'chirib tashla.

β€” Nega? Juda chiroyli tushibdi-ku.

Yigit telefonini ko'tarib suratni ko'rsatdi.

Rasmda Taehyung Luveriani yiqilishdan ushlab qolgan, ikkalasi esa bir-biriga tikilib turardi.

β€” Kinodagi sahnaga o'xshaydi, β€” dedi yigit kulib.

Luverianing yuzi qizarib ketdi.

β€” Iltimos, o'chirib tashlang.

β€” Mayli, mayli.

Yigit suratni o'chirib tashladi.

β€” Endi bayroqni qidiringlar, bo'lmasa yutqazasizlar.

Taehyung va Luveria yana yo'lda davom etishdi.

Bir necha daqiqadan so'ng ular daraxtga bog'langan qizil bayroqni topishdi.

β€” Topdik! β€” dedi Luveria quvonib.

Taehyung bayroqni yechib oldi.

β€” Endi qaytamiz.

Ular maydonga birinchilardan bo'lib yetib kelishdi.

O'qituvchi jilmaydi.

β€” Tabriklayman. Birinchi bo'ldingizlar.

Sinfdagilar qarsak chalishdi.

Ammo qizlarning ayrimlari bundan mamnun emas edi.

β€” Omadlari kelibdi, xolos...

β€” Ha, boshqa narsa emas.

Kechga yaqin o'qituvchi yana hammani yig'di.

β€” Bugun kechqurun gulxan atrofida o'tiramiz. Hamma qatnashadi.

Quyosh asta-sekin botib, osmonni to'q sariq rangga bo'yay boshladi.

O'quvchilar gulxan atrofida aylana bo'lib o'tirishdi.

Kimdir gitara chalardi, boshqalar qo'shiq aytardi.

Luveria olovga tikilib o'tirgan edi.

Shu payt Taehyung sekin uning yoniga o'tirdi.

β€” Sovqotyapsanmi?

β€” Biroz.

Taehyung indamay ustidagi kurtkasini yechib, uning yelkasiga yopdi.

β€” Sen-chi?

β€” Menga sovuq emas.

Luveria kurtkani mahkamroq o'radi.

β€” Rahmat...

Ularning bu holatini uzoqdan kuzatayotgan qizlardan biri jahl bilan mushtini qisdi.

β€” Yetar...

U sekin o'rnidan turdi va hech kim sezmagan holda qorong'i tomonga yurib ketdi.

Uning xayolida esa faqat bitta reja bor edi...


Gulxan atrofidagi suhbatlar davom etardi.

Luverianing telefoni titradi.

Noma'lum raqamdan xabar kelgandi.

Β«"Taehyung seni o'rmon yo'lagi oldida kutyapti. Muhim gapi bor ekan. Hech kimga aytma."Β»

Luveria xabarga bir necha soniya tikilib qoldi.

β€” Tae nega o'zi yozmadi ekan?..

Shunga qaramay, u sekin o'rnidan turdi.

β€” Hozir kelaman, β€” dedi yonidagilarga.

Hech kim shubhalanmadi.

Luveria o'rmon yo'lagi tomon yurdi.

Atrof jimjit edi. Daraxtlar orasidan faqat shamolning ovozi eshitilardi.

β€” Tae...?

Javob bo'lmadi.

β€” Qayerdasan?

Birdan orqasidan qadam tovushlari eshitildi.

Luveria ortiga o'girilishi bilan qora kiyimdagi bir qiz uning qarshisida paydo bo'ldi.

β€” Demak, kelding.

Luveria hayron bo'ldi.

β€” Sen... meni chaqirdingmi?

Qiz istehzoli kuldi.

β€” Albatta. Taehyung hech qachon seni bu yerga chaqirmagan.

Luveria ortga bir qadam tashladi.

β€” Nima xohlaysan?

β€” Faqat bitta narsa... Taehyungdan uzoqroq yurishingni.

β€” Men...

Luveria gapini tugatishga ulgurmay, qiz qo'lidagi pichoqni chiqardi.

β€” Afsuski, endi juda kech.

Luveria qo'rqib ortga chekindi.

β€” Bunday qilma!

Keyingi lahzada qiz unga tashlandi.

Luveria chetga chiqishga urindi, ammo baribir yengil jarohat oldi va og'riqdan yerga o'tirib qoldi.

Qiz qo'rqib ketdi.

β€” Men... men bunday bo'lishini xohlamagandim...

U shoshilgancha qorong'ilik tomon yugurib ketdi.

Luveria esa titrayotgan qo'llari bilan telefonini oldi.

Ekran xiralashib ko'rinardi.

U zo'rg'a bitta ismni bosdi.

Taehyung.

Qo'ng'iroq ketdi...

β€” Luveria? β€” dedi Taehyungning ovozi. β€” Nima bo'ldi?

Luverianing ovozi zo'rg'a eshitildi.

β€” Tae... o'rmonda...

Aloqa uzildi.

Taehyung o'rnidan sapchib turdi.

β€” LUVERIA?!

U bir soniya ham kutmay, o'rmon tomon yugurdi.

VπŸͺ·

β€” LUVERIA!

Taehyungning ovozi tun sukunatini yorib yubordi.

U o'rmon yo'lagi bo'ylab yugurar, atrofga xavotir bilan qarardi.

β€” Luveria! Qayerdasan?!

Bir necha soniyadan so'ng u daraxt tagida o'tirgan Luveriani ko'rdi.

β€” Luveria!

Taehyung darhol uning yoniga cho'kkaladi.

β€” Menga qara... Eshityapsanmi?

Luveria zo'rg'a ko'zlarini ochdi.

β€” Tae...

β€” Men shu yerdaman.

Taehyung kurtkasini yechib, ehtiyotkorlik bilan uning yelkasiga yopdi.

β€” Hammasi yaxshi bo'ladi.

Luveria gapirishga urindi.

β€” Bir... qiz...

β€” Kim edi?

Luveria boshini sekin chayqadi.

β€” Yuzini... ko'rmadim...

Taehyung darhol telefonini olib, tez yordam va o'qituvchilarga qo'ng'iroq qildi.

Oradan ko'p o'tmay o'qituvchilar va bir necha o'quvchi ham yugurib kelishdi.

β€” Nima bo'ldi?!

Taehyung xotirjamligini saqlashga harakat qildi.

β€” Kimdir unga hujum qilgan. Tez yordam yo'lda.

O'qituvchi darhol boshqa o'quvchilarga murojaat qildi.

β€” Hech kim bu yerdan ketmaydi. Hamma maskanga qaytsin.

Bir necha daqiqadan so'ng tez yordam mashinasining ovozi eshitildi.

Shifokorlar Luveriani ehtiyotkorlik bilan zambilga yotqizishdi.

Uni olib ketishayotganida Luveria sekin Taehyungning qo'lidan ushladi.

β€” Ketma...

Taehyung uning qo'lini mahkam ushladi.

β€” Ketmayman.

β€” Va'da?

β€” Va'da.

Tez yordam mashinasi eshiklari yopildi.

Taehyung ham ichkariga chiqdi.

Mashina shifoxona tomon yo'l oldi.

Tun esa odatdagidan ham sokin edi.

Ammo Taehyung ichida bitta qaror allaqachon qabul qilingandi.

Luveriaga buni qilgan odam kim bo'lishidan qat'i nazar, u haqiqatni albatta topardi.

VπŸͺ·

Tez yordam mashinasi shifoxona oldida to'xtashi bilan shifokorlar Luveriani zudlik bilan ichkariga olib kirishdi.

Taehyung ham ularning ortidan yugurdi.

Ammo operatsiya bo'limi eshigi oldida hamshira uning yo'lini to'sdi.

β€” Kechirasiz, siz bu yerdan nariga o'tolmaysiz.

β€” Lekin...

β€” Iltimos, kuting.

Og'ir temir eshik yopildi.

Taehyung ilk bor o'zini mutlaqo ojiz his qildi.

U devorga suyangancha boshini egdi.

Oradan bir necha daqiqa o'tgach, maktab direktori va o'qituvchilar ham shifoxonaga yetib kelishdi.

β€” Taehyung, ahvoli qanday? β€” deb so'radi sinf rahbari.

β€” Hali hech narsa deyishmadi...

Direktor chuqur xo'rsindi.

β€” Politsiyaga xabar berdik. Ular tez orada kelishadi.

Taehyung bosh irg'adi.

Bir soat...

Ikki soat...

Vaqt juda sekin o'tayotgandek tuyulardi.

Nihoyat operatsiya bo'limi eshigi ochildi.

Shifokor tashqariga chiqdi.

Taehyung darhol uning yoniga bordi.

β€” Doktor, u yaxshimi?

Shifokor xotirjam ohangda javob berdi:

β€” Xavfli vaziyatdan chiqdi. Hozircha kuzatuv ostida qoladi. Bir muddat dam olishi kerak.

Taehyung yengil nafas chiqardi.

β€” Uni ko'rsam bo'ladimi?

β€” Besh daqiqaga.

Taehyung palataga sekin kirdi.

Luveria hali uyg'onmagan edi.

Yuzlari oqarib ketgan, qo'liga tomchi dori ulangan edi.

Taehyung karavot yonidagi stulga o'tirdi.

U sekin Luverianing qo'lidan ushladi.

β€” Kechir...

β€” Men seni himoya qilaman degandim.

β€” Ammo baribir senga zarar yetdi.

Palatada yana sukut hukm surdi.

Oradan bir necha daqiqa o'tgach, Luverianing barmoqlari asta qimirlagandek bo'ldi.

Taehyung darhol boshini ko'tardi.

β€” Luveria...?

Qizning ko'zlari asta-sekin ochildi.

U xiralashgan nigohi bilan Taehyungga qaradi.

β€” ...Tae?

Taehyungning ko'zlaridagi xavotir bir oz bosildi.

β€” Men shu yerdaman.

Luveria zaif jilmayishga harakat qildi.

β€” Sen... ketmabsan.

Taehyung uning qo'lini yana ham mahkamroq ushladi.

β€” Axir senga va'da berganman.

β€” Hech qachon seni yolg'iz qoldirmayman.


Palatada sukunat hukm surardi.

Faqat yurak urishini kuzatib turuvchi apparatning bir maromdagi ovozi eshitilardi.

Luveria sekin boshini Taehyung tomonga burdi.

β€” Necha soat uxladim?

β€” Deyarli bir kun.

Luveria hayratlandi.

β€” Bir kun?

Taehyung bosh irg'adi.

β€” Hamma sendan xavotir oldi.

Shu payt eshik taqilladi.

β€” Kirsam bo'ladimi?

Ichkariga sinf rahbari va direktor kirishdi.

β€” Ahvoling yaxshimi, Luveria? β€” deb so'radi direktor.

β€” Ancha yaxshiman, rahmat.

Direktor yengil tabassum qildi.

β€” Bu yaxshi xabar.

Sinf rahbari mevalarni stol ustiga qo'ydi.

β€” Sinfdoshlaring ham seni ko'rgani kelmoqchi edi. Lekin shifokor ko'p odam kirishiga ruxsat bermadi.

Luveria bosh irg'adi.

β€” Rahmat.

Direktorning chehrasi jiddiylashdi.

β€” Politsiya voqeani tekshiryapti. Dam olganingdan keyin sendan ham bir necha savol so'rashadi.

β€” Men u qizning yuzini yaxshi ko'rmadim...

β€” Muammo emas. Qo'limizda boshqa dalillar ham bor.

Taehyung hayron bo'lib qaradi.

β€” Qanday dalillar?

Direktor javob berdi:

β€” Dam olish maskanining ayrim joylarida kuzatuv kameralari bor ekan. Politsiya yozuvlarni tekshiryapti.

Taehyungning ko'zlarida umid paydo bo'ldi.

β€” Demak, aybdorni topishlari mumkin.

β€” Ha.

Direktor va o'qituvchi chiqib ketishdi.

Palatada yana ikkovigina qoldi.

Luveria oynadan tashqariga qarab pichirladi:

β€” Tae...

β€” Eshitaman.

β€” Agar o'sha kuni sen meni topmaganingda nima bo'lardi?

Taehyung javob bermadi.

U bu savol haqida o'ylashni ham istamasdi.

Bir necha soniyadan so'ng u xotirjam ovozda dedi:

β€” Ammo topdim.

Luveria unga qaradi.

β€” Va bundan keyin ham seni yolg'iz qoldirmayman.

Shu payt palata eshigi yana sekin ochildi.

Eshik ortida esa qalpoq kiygan notanish bir qiz turardi.

U ichkariga kirishga jur'at qilmay, Luveriaga uzoq tikildi.

So'ng hech narsa demasdan ortiga burilib, shoshilgancha ketib qoldi.

Buni esa Taehyung ham, Luveria ham payqamadi.