November 13

Shofirkon tuman adliya bo'limi tomonidan “Konstitutsiyada yoshlar huquqlari” shiori ostida huquqiy oyligi doirasida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Shofirkon tuman adliya bo'limi hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan Shofirkon tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 40-son umumiy o'rta ta'lim maktabida “Konstitutsiyada yoshlar huquqlari” shiori ostida huquqiy oyligi doirasida tashkil etilgan namunaviy huquq darsi tashkil etildi. Namunaviy huquq darsida o'quvchilarning huquqiy madaniyati oshirish, yoshlar orasida huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlik ruhini yanda yuksaltirish maqsad qilingan holda saylov qonunchiligi borasida kiritilgan o'zgartirishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Dars doirasida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, tarqatma materiallar tarqatildi.