Shofirkon tuman adliya bo’limi, FHDY bo'lim hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yosh kelin-kuyovlar maktabi”da bitiruvchilariga sertifikat topshirish marosimi tashkil etildi.
Shofirkon tuman adliya bo’limi, tuman FHDY bo'limi hamda hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Yosh kelin-kuyovlar maktabi” bitiruvchilariga sertifikatlar topshirish marosimi tashkil etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.09.2023 yildagi PQ-300-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.12.2020 yildagi 820-son qarorida belgilangan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, “Yosh kelin-kuyovlar maktabi”ning ahamiyati, xususida tushuntirishlar berildi. Ushbu tadbir yoshlar uchun nafaqat bilim manbai, balki ularga oilaviy muammolarning oldini olish va baxtli oila qurish yo'lida qo'shimcha motivasiya ham bo'lib xizmat qildi. Tadbir davomida oila qurish bo’sag’asidagi yoshlarga fuqarolik, oila munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan huquqiy vaziyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tadbir yakunida 13 ta yosh oilaga maxsus sеrtifikatlar topshirildi.