September 27

Shofirkon tuman adliya bo‘limi YXKM xodimlari tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Shofirkon tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan Shofirkon tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 6-son umumiy o’rta ta’lim maktabida tuman adliya bo'limi tomonidan otaliqqa olingan maktab o'quvchilari hamda ustozlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 28.10.2022-yildagi O‘RQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-sonli qonuni, O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan normalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” PF-80-son Farmoni mazmun mohiyati yuzasidan tushunturishlar berildi. Targ'ibot tadbiri davomida o'quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.