Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Shofirkon tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan 2023-yil 24-fevral sanasida Shofirkon tuman barkamol avlod maktibining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Buxoro viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R.Nosirova, Shofirkon tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mehnat huquqi inpektori M.Qo‘shshayev hamkorligida Shofirkon tuman Xalq ta’limi bo‘limi, Maktabgacha ta’lim bo‘limi rahbarlari, ular tarkibiga kiruvchi barcha ta’lim tashkilot rahbarlari, kadrlar bo‘yicha menenjerlari ishtirokida “Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish” bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.12.2022 yildagi PF-258-son Farmonlari, “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-447-son, “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-173-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005-yildagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275-sonli qarori, mazmun-mohiyati, 28.10.2022 yildagi O‘RQ-798-son bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining amaldagi mehnat kodeksidan farqli jihati, unda xodimlarning huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Xususan, amaldagi mehnat kodeksida belgilanagan mehnat shartnomasi muddati, yangi tahrirdagi mehnat kodeksida belgilangan muddatlaridagi farqi, xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va muddatlari, jamoa shartnomalari, jamoa kelishuvlarida belgilanishi lozim bo‘lgan normalar yuzasidna tushuntirishlar berildi. Seminar tadbiri ochiq va konstruktiv tarzida olib borilib, E huquqshunos elektron tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, tizimda elektron hujjat almashinuvining boshqichalri yuzasidan yana bir bor ma’lumotlar berildi, seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni asoslantirgan holda javob berildi.