Shofirkon tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbiri tashkil etildi.
Shofirkon tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan otaliqqa olingan mahalla yoshlari uchun “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirni tashkil etishdan maqsad yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda ularning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirish, huquqshunoslik kasbining obro‘si va nufuzi, yoshlarda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg‘ularini shakllantirish, ularni huquqiy bilim olishga qiziqtirish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda adliya organlarining faoliyati, aholining huquqiy madaniyati oshirish borasida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.