November 28

Shofirkon tuman adliya bo‘limi va yuridik xizmat markazi ko’rsatish tomonidan targ‘ibot tadbir tashkil etildi.

Shofirkon tuman adliya bo'limi va yuridik xizmat ko’rsatish markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” PF-80-son Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligida” doirasida Shofirkon tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 8-son umumiy o'rta ta'lim maktabida huquqiy targ’ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining mazmun-mohiyati, unda belgilangan muhim jihatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek korrupsiya mamlakat rivojlanishida to'siq bo'lishi, uning sal biy oqibatlarini esa bartaraf etish ancha kuch va vaqt sarflanishiga olib kelishi mumkinligi aytib o'tild. Tadbir davomida xodimlarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.