Shofirkon tuman adliya bo‘limi YXKM xodimlari tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Shofirkon tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan Shofirkon tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 33-son umumiy o’rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining 28.10.2022-yildagi O‘RQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” PF-80-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Targ‘ibot tadbiri davomida O‘zbekiston Respublikasining 28.10.2022-yildagi O‘RQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida belgilangan normalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” PF-80-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va uning ilovalaridagi 2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarishi asosida amalga oshirilayotgan ishlar va unda belgilangan vazifalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Targ‘ibot tadbiri ochiq va konstruktiv tarzida olib borilib, E huquqshunos elektron tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, tizimda elektron hujjat almashinuvining bosqichalari yuzasidan yana bir bor ma’lumotlar berildi, targ‘ibot davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni asoslantirgan holda javoblar berildi.