Uyma-uy yurish orqali orqali fuqarolar muammolarni bartaraf etilmoqda.
Shofirkon tumani Adliya bo`limi va FHDY bo`limi tomonidan doimiy ravishda uyma-uy yurish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanayotgan kundalik huquqiy muammolarni bartaraf etish etish hamda fuqarolarning murojaatlarini joyida hal qilish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oilaviy ajrimlarni oldini olish va ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirish bo`yicha targ`ibot tadbirlari o`tkazilib kelinmoqda. Jumladan kuni kecha Shofirkon tuman adliya bo`limi, tuman FHDY organi hamda Qayrag`och MFY faollari bilan hamkorlikda o`zaro oilavy kelishmovchiliklar sababli ajrim yoqasiga kelib qolgan va 3 oydan buyon bir oila bo`lib yashamay kelayotgan fuqarolar I.Egamberdiyev va G.Axmedovlarni yarashtirishga erishildi. Mutasadilar tomonidan ajrim yoqasidagi oila vakillariga oila va hayot vaqtincha ekanligi, ajrim bu yechim emasligi tushuntirildi.