Shofirkon tuman adliya bo'limi yuridik xizmat markazi tomonidan huquqiy targ'ibot tashkil etildi.
Shofirkon tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan "Yoshlar oyligi" doirasida Guliston MFyda joylashgan Shofirkon tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 19-son umumiy o'rta ta'lim maktabida tahsil oluvchi o'quvchilarning huquqiy madaniyati oshirish, yoshlar orasida huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlik ruhini yanda yuksaltirish , saylov qonunchiligi borasida kiritilgan o'zgartirishlar yuzasidan targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida tuman adliya bo'limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, aholi o'rtasida huquqiy savodxonlik borasida adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Namunaviy huquq darsi o'tkazilib, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Tadbir doirasida yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, tarqatma materiallar tarqatildi.