July 18

Shofirkon tuman adliya bo'limi tomonidan fuqarolarning dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish yuzasidan tadbir tashkil etildi.

Shofirkon tuman adliya bo'limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, tuman FHDY hamkorligida Xo'ja Orif mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kunidagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” PF-80-son Farmoniga muvofiq aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, “mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish yuzasidan tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida “mahalla yettiligi”ga qabul qilingan sohaga doir qonunchilik hujjatlarning mazmun-mohiyati yetkazish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning muammolarini hal qilish bo'yicha ishlar amalga oshirildi. Tadbir davomida tuman FHDY tomonidan notinch, ajrim yoqasadagi oilalarni yarashtirish, ayollarga huquqiy ko'mak berish maqsadida xonadonbay tarzda oilalar o'rganildi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son “Yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va uning ilovalaridagi 2024-2025-yillarda yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich o‘zgarishi to’g’risida huquqiy tushuntirishlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun kompensatsiya to'lovlarni amalga oshirish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.