Jeon Twins
Kanal |» safi_fcc
Avtor | Sumin
Jeon Twins
Sumin hech narsani o‘ylamaslikka harakat qildi.
Sumin pov: Bu juda oson, hech qanday qiyinchiligi yo‘q.
Deb o‘zini o‘zi yupatardi. Ovqatlarini mayda mayda yeb bir nuqtaga yaʼni Jungkookka tirmulib turdi.
-o‘ylashimcha men ota onamni qizi bo‘lmasligim kerak edi. Hayotim hozir juda yaxshi bo‘lardi. Bu lanatini deb umrim hazon bo‘lyapti. Kun kelib yo o‘zim o‘laman, yoki uni o‘ldiraman. Hozir esa u xohlagan hammasini bajarishim shart.
Jungkook qizni tirmulayotganiga eʼtibor bermay ovqatlanayotgan bir paytda, Sumin nonushtani tugatib bo‘lgandi.
Jk: juda kam emasmi? Sen ko‘proq nonushta qilishing kerak aslida.
Sumin hech narsani ishitmay hayollar og‘ushiga qolib ketgandi. Jungkook gapini qaytarib utirmadi. O‘rnidan turib yoniga kelmaguncha Sumin buni sezmadi.
Jungkook sekin qizning yelkasiga egilib quloqlariga pichirladi.
-Sumin, kimni bunchalik hayol so‘ryapsan.
Sumin qo‘qqisdan sakrab tushdi. Yuragi tanasida g‘alati xislarni uyg‘otdi.
-meni yonimda kim haqida o‘ylayapsan.
S: h... hech kim s.. siz haqingizda albatta
Jk: tushunarli, mayli damingni ol. Bugun hech narsa qilmaymiz. Ertaga ish xonamga bazm bo‘ladi. Seni ham olib ketaman. Bo‘ladimi?
Qisqa javob berib xonasiga kutarildi va chuqur nafas olib yotoq tomon yurdi.
S: ertangi tadbir uchun ancha narsa sotib olishim kerak, Jungkook noto‘g‘ri tushunmasmikan?
Sumin uxlab qolganini sezmadi. O‘ylayotgan o‘yi tushga aylanib ketdi. Jungkook uni bazmga olib borib hammaga uni tanishtirayotgan ekan. Ammo Jungkook xursandligidan emas g‘azabini boshqara olmayoygani uchun bor ovozda tanbix berayotgan ekan.
Qiz dod voy solib uni bazmdan olib chiqayotgan ekan. Ingshib uyg‘oonib ketdi. Ko‘zlarini arang ochib atrofga alangladi. O‘zini o‘nglaganida hamma narsa titilib buyumlar chilpar chin bo‘layotgandi.
Sumin pov: nahotki bu tush bo‘lmasa, nima bo‘ldi kecha.. Jungkookka nima qildi.
Shosha pisha pastga tushdi. Oshxonada ham shu axvol. Xuddi xafsalasi pir bo‘lib barini ichidan chiqarib tashlagan erkakdek ish tutgan. Sumin Jungkookni ishga ketgan deb o‘yladi. Va yig‘ishtiruvni oldi. Shishalarni qo‘li bilan tirib idishga soldi.
Sumin: kechga Jungkook kelsa nima bo‘lganini so‘rayman. Meni deb bo‘lmagan degan umiddaman. Nega hech narsani eslay olmayapman.
Boshiga og‘riq kirdi. Xonasiga chiqib dori qutidan dori olib ichib oldi. Uyidagi tartibsizlikni kurib battar asabiylasha boshladi.
Sumin: jin ursin shunchalik ham bo‘lishi mumkinmi.
Oradan ancha vaqt o‘tdi. Tushgacha hamma yoq chinnidek toza bo‘ldi. Dastafka ham vaqtini topgandek buyurtmani olib keldi. Sumin buyurtmasini olib oshxonaga o‘tdi va nonushta qilib oldi.
Jungkookka telefon qilaman desa telefoni yo‘q, hatto yashirincha ham ishlatmagan. Hayollar og‘ushida qolib ketdi...
Kechga yaqin eshik taqilladi. Bu safar Jungkook emas balki Jimin edi. Sumin hayratlanib qoldi. Anchadan beri uni ko‘rgan emas. Sumin joyidan quzg‘almay tikilib turaverdi.
Jm: Sumin... Senga hech narsa qilmadimi?
Jimin ostonadan o‘tib Suminni yuz qo‘llarini tikshirib chiqdi.
Sumin: nega buncha xavotir olayapsiz Jimin. Men yaxshiman. Nima bo‘ldi tushuntiribb bersangizchi.
Jmn: nahotki yodingda bo‘lmasa..? Kecha Jungkook bazmda tupolon kutarib nimalar qilganini bilmadingmi?
Sumin: yo‘q qanday tupolon. Men hech narsani eslay olmayapman.
Jimin qizni oshxonaga sudradi va stulga o‘tirg‘izdi.
Jmn: men faqat oddiylarini aytaman, Jungkook o‘zi kelsa hammasini aytib beradi.
Sumin uni astodil tinglar edi. Jimin bo‘lgan voqeani oqizmay aytib betdi. Ammo Jungkook hozir qayerda va nima uchun ketganini aytolmadi. Qisqa qisqa voqealarni aytib bergach Suminning reaksiyasini oxirida ko‘rib qo‘rqib ketdi.
Jmn: nega menga bunday qarayapsan. Meni qurqitma.
Sumin Jimin aytgan voqeadan so‘ng uning xotirasi qaytib yodiga tushdi.
Sumin: e.. esladim... Jungkook juda ko‘p ichgandi. Menga ham rosa ko‘p bergan. Undan keyin esa... Yo Xudoyim, endi nima qilaman, qaytib kelsa meni sog‘ quymaydi...
Jimin qizni yig‘layotgani uchun yupatib bag‘riga bosdi.
Jmn: sen uni o‘zing tanlading. Agar, o‘shanda meni taklifimga rozi bo‘lganingda men senga yordam bergan bo‘lardim... Bu kunlarni ko‘rmasding ham.
Sumin: Jimin iltimos menga yordam bering, u meni o‘ldirib quyadi. Men onamni ko‘rmasi o‘lishni xohlamayman.
Jmn: meni endi bunga aralashtirma. Hozir o‘zinga kelib ol. Jungkook kelgunicha ancha dam olasan. Ungacha men senga g‘amxo‘rlik qilaman.
Sumin Jiminning bag‘ridan chiqib uning ko‘zlariga tirmuldi.
Sumin: nima dedingiz? Men kimningdir g‘amxurligiga zorman deb o‘ylayapsizmi? Hech qachon... Menga raxmingiz kelmasin.
Jmn: o‘zing mendan yordam so‘rab endi bu gaplarni aytyapsanmi?
Sumin: siz ham Jungkookning birisiz, sizga ishongandan o‘lganim avzal. Iltimos qilib so‘raypman, xonani bo‘shating. Men yolg‘iz qolmoqchiman. Boshqa qaytib ostona hatlab kirmang.
Jmn: xohishing, men seni majburlamayman, ammo Jungkook menga seni quriqlashimni aytgan. Uni gapini ikki qila olmayman.
Sumin ortiqcha gapirmay xonasiga chiqib ketdi. Eshigini qulflab uxlab qoldi. Jimin zaldagi devanga suyanib hayol surardi. Hayolida esa faqat kimningdir azob chikayotgan ovozlari ishitilardi. Bu hayol emas balki tush edi. Jimin tushida allanimalarni ko‘rib ko‘zini ochdi. Sumin yigitni peshonasiga qo‘lini quyib uni tinchlantirmoqchi bo‘ldi. Va muzdek suv berdi.
Sumin: buni ichib ol. Kechasi bilan gapirib chiqding. Axvoling yaxshimi?
Jmn: bu yerda qachondan beri turibsan..?
Jmn: kechirasan seni ham bezovta qilibman. Ertadan o‘zimni uyimga uxlayman....
Jimin yuz qo‘lini yuvib oshxonaga o‘tdi.
Sumin: o‘tgan kuni sen menga ovqat tayyorlab berganding, to‘g‘rimi..? Bu safar men senga tayyorlab beraman. Taʼmini tatib baho berasan.
Jmn: sen ham o‘tir, yolg‘iz ovqatlanma..
Sumin: kechangi gapim uchun meni kechir. O‘zimni yomon tutdim. Seni yomon demoqchi emasdim.