Jeon Twins
Kanal |» safi_fcc
Avtor |Sumin
Jeon Twins
S: kechagi gapim uchun meni kechir, o‘zimni yomon tutdim. Seni yomon demoqchi emasdim.
Jimin qo‘lidagi stakanni stolga quyib qizga qaradi. Uning yuzida charchoq va tushunarsiz iztirob bor edi.
Jmn: mayli unut, lekin bir narsani hech tushunmayapman. Nega har safar senga yordam bermoqchi bo‘lganimda uzoqlashasan?
S: chunki sizga ishonsam, afsuslanishimdan qo‘rqaman.
Jmn: men Jungkook emasman.. Sumin
Bu gapdan keyin Sumin jim qoldi. Ha u rostan ham Jungkook emas, ammo u Jungkookning eng yaqin do‘sti edi. Sumin ularning orasidagi do‘stlikni bilar edi. Jimin unga yordam bersa ham, ertaga Jungkook kelib undan so‘rashi mumkin edi. Sumin esa yana o‘sha qo‘rquv ichida qolar edi.
Jmn: yaxshi bu haqida boshqa gaplashmaymiz. Bugun menga nima ovqat tayyorlamoqchisan.
S: o‘zingiz nimani yoqtirasiz?
Jmn: sen tayyorlagan hamma narsani..
S: hali tatib ko‘rmasdan bunday demang.
Jimin kulib yubordi. Sumin ham beixtiyor jilmaydi. Anchadan beri bunday bemalol kulmagan. Jungkook bilan bo‘lgan payt faqat uning buyruqlari bilan yashagan. Ammo u ketgach bu chehradan asar ham qolmaydi.
Sumin taom tayyorlashni boshladi. Jimin esa yonida turib sabzavotlarni to‘g‘rashga yordam berdi. Bir payt uning qo‘lidagi pichoq sirg‘alib tushib ketdi.
S: voy qo‘lingizni kesib oldingizmi?
Jmn: yo‘q... yo‘q shunchaki ixtiyotsizlik qildim.
U qo‘lini yuvish uchun rakovinaga bordi. Qiz esa unga qarab bosh chayqadim.
S: siz oshxonada ishlamasligingiz kerak ekan.
Jmn: nega men ham ovqat tatgorlay olaman.
S: buni o‘zingizdan so‘rang, hozir sizni vazifamgiz sabzavot to‘g‘rashdan iborat.
Jimin yana kuldi. Shu onda Jiminning telefoni joringladi. U ekranga qarashi bilan tabassumi yuqoldi.
Jimin shunday deb oshxonadan chiqib ketdi. Va eshikni ochayotganida ortiga ugirilib Suminga qattiq tayinladi.
Jmn: uydan hech qayerga chiqma. Eshikni hech kimga ochma. Men kechgacha kelib qolaman.
Sumin ortidan qarab indamay ishini davom ettirdi. Ko‘ngli biroz g‘ash ekanligini sezib turardi. Agar bu Jungkook uchun bo‘lsa demak u nimadir qilgan. Kechgacha Jiminni kutishga qaror qildi. U kelgach hammasini so‘rab oladi.
Jimin qo‘ng‘iroqqa javob berdi.
Pov: janob Jimin boshliq Jeon Jungkook bilan muammo chiqdi.
Jimin nima haqidaligini bildi. Bugun tongda Jungkook bilan bo‘lgan suhbati yodiga tushdi.
Jimin ancha vaqt tirbandlikda qolib ketdi. Va biroz kech yetib bordi. Mahkamaga yetib kelib ichkariga kirdi, va gaplashgan odamini yoniga kelib tuxtadi.
Jmn: nima bo‘ldi, Jungkook qayerda?
Pov: hozircha u ichkarida, hech kimni kirgizishga quymayapti. Shuning uchun biroz kutarkanmiz.
Jmn: mayli, sen ketishing mumkin. Men u bilan gaplashib olishim kerak.
Shunday deb ishchini ketgizvordi. Va o‘zi xonaning yaqinidagi stolga o‘tirib hayol surib boshladi.
Jmn pov: rostan ham Jungkook bu ishga loyiq edi. Hali bu qamoqdan oson chiqib ketsa ajabmas. Unga bo‘lgan nafratim bor emas, lekin yo‘q ham deya olmayman. U mening do‘stim, ammo singlimni nima kuyga solgani g‘ashimni keltiradi.
Jimin ancha hayol so‘rdi. Ammo vaqt tez o‘tib ketganini sezmadi ham. Xonaning eshigi ochilib afetser chiqib keldi.
Af: siz Jeon Jungkookning kimi bo‘lasiz.
Jimin yarq etib o‘rnidan turdi. Va unga qarab turgan erkakning ko‘zlariga boqdi. Uning qarashi juda qo‘rqinchli edi. Bu uning kasbi bo‘lgani uchun shekilli. Jimin o‘zini yuqotmaslikka urindi va savolni ichiga qaytarib unga kerakli javobni berdi.
Jmn: men... Men uning do‘sti bo‘laman.
Jimin indamadi va aytilgan xonaga kirdi. Eshik yopildi. Jimin stolda o‘tirgan Jungkookka termuldi. Undagi qiyofa hech narsani anglatmasdi. Jimin anglay olmay uni to‘g‘risiga kelib o‘tirdi.
Jmn: Jungkook... Nimalar qilganingni bilyapsanmi? Endi nima qilmoqchisan.
Jk: hech narsa. Ammo afetser bilan gaplashib oldim.
U shunday dedi va Jiminning reaksiyasini kutdi.
Jk: nega jimsan. Nima kutmaganmiding? Endi qutulaman deb o‘yladingmi? Agar pora beraman demaganimda 15-20 yil qamoqda qolib ketgan bo‘lardim.
Jmn: senga qoyilman. O‘z ishingni ustasisan. Men bo‘lmasa bu pullarni qayerdan olib kelay.
Jk: ishxonamdan olasan. Ertaga borib kotibamga uchrashasan.
Jmn: lekin qancha muddatga qolasan.
Jk: uzog‘i bir hafta yoki 10 kun.
Jmn: nima deding? Sen bor budingni tikib yuboryapsan buni bilyapsanmi?
Jk: hozir sen uchun men muhim bo‘lishim kerak, axmoq. Aytilgan pulni olib kel. Tashqarida afetser aytgan hamma pulni tiyinigacha olib kel. Tushunarlimi?
Jk: Sumin... U nima bo‘ladi. Sendan xabar topsa qay xolga keladi.
Jk: bu seni qiziqtirmasin. Agar unga men haqimda gapirsang, seni o‘ldiraman.Buni bilasan a.
Jmn: xuddi Suminni otasini o‘ldirganingdek, onasini ne xolga keltirganinga ham ko‘z yumgan qizga bu ishlarni qanday ravo ko‘ryapsan.
Jk: meni JEON JUNGKOOK deb quyishgan. Akamdan keyingi turadiga shaxs. Buni hamma ham bilmaydi ammo sen yaxshi bilib turibsan. Bu qo‘llar nechtasini jonini oldi.
Jimin buni hayoliga ham keltirmagan edi. Ammo u aytilgandek qildi. Kechga yaqin uyga qaytdi. Sumin mehmonxona devaniga uxlab qolibdi. Jimin soat allamahal bo‘lganini ko‘rdi. Qizni kutarib uyg‘otib yubormaslikka harakat qildi.
Yotoqqa yotqizib ustiga adyol tashladi. Sumin beixtiyor uyg‘onib ko‘zini ochdi. Jimin undan uzoqlashayotgandi.
Jimin yuragi boshqacha urib ketdi. Xuddi uni chaqirgandek yuzi qizardi.
Jmn: Sumin uxla ertalab bir joyga olib boraman.
Sumin ko‘zlari uyquga ketib tong otganida g‘inshib ko‘zlarini ochdi.
Sumin pov: kecha juda kech kelgan ko‘rinadi... Shoshma men kecha shu yerda yotganimni eslayman. Ammo... Demak u meni xonamga olib kirgan.
Kechga yaqin ikkisi ham ko‘chadan kirib kelishdi. Aylanishga olib ketgan edi. Birinchi ular qamoqxonaga o‘tishdi. Ammo Jimin qizni u yerdan uzoqqa mashinada qoldirib o‘zi kirib chiaqandi.
Ertasi kuni. Kun juda sekin o‘tayotgandek edi. Sumin hali xamon Jungkook qachon kelishinj bikmasdi.
Jimin har kuni unga ovqat olib kelar, uy ishlariga yordam berardi. Baʼzan esa shunchaki yonida o‘tirib, hech narsa demasdi.
Sumin esa har kuni ertalab turib Jungkook bilan o‘tgan xonasiga qarardi. U hozir bularni unutish uchun o‘z xonasini yaratgan.
Jkning kiyimlari shkafda tekis va tartib bilan joylangan. Qo‘l izi ko‘rinmasdi. Deraza oldida esa yarim bo‘lib qolgan soju idishi turardi.
-menimcha u ketishidan bir kun oldin tuyib olgan shekilli.
Deb o‘yladi Sumin. Xonaga kirib u yerni sayr qilib chiqdi. Shkaflarni titib qiziqsindi shekilli, boshidan oxirigacha og‘zini ochib birma bir ko‘rib chiqayotgandi. Har xil qog‘ozlar. Barchasi kompaniyaniki. Ora orada sud haqidagi qog‘ozlar.
Sumin biroz tirmulib turib katta bo‘lmagan va ko‘zni ilg‘amas bloknot topib oldi. Birinchi qog‘ozida shunday so‘zlar bor edi.
—MENI KECHIR. AMMO BUNDAY BO‘LISHINI BILGANIMDA HECH QACHOB SENI ISHGA QABUL QILMAGAN BO‘LARDIM. HATTO OTANGA QUL BO‘LISH HAQIDA O‘YLAB O‘TIRMAY SAFDAN CHIQIB KETARDIM. SENI TOPISH UCHUN AKAMDAN AYRILGANIM MENI ALAMIMNI KELTIRADI.
Birinchi varag‘i shu so‘zlar bilan tugagan edi. Sumin yuragi jiz etib keyingi varoqni ochayotib ko‘z oldi biroz xira bo‘ldi.
—BUNI SENGA QACHON AYTAMAN BILMAYMAN. AMMO BARCHASINI SHU YERGA YOZISHGA QAROR QILDIM. BIRON KUN SEN BUNI O‘QIB BALKI AYB KIMDALIGINI O‘ZING XAL QILARSAN. SHUNDAGINA MENI NIMA XIS QILAYOTGANIMNI O‘ZINGDA SINAB KO‘RASAN.
MENI EGIZAGIM BOR. UNI O‘ZING HAM KO‘RGANSAN. BUNI PAYQAGANDIRSAN. BALKI,AMMO O‘SHA INSON SEN TUFAYLI OTANG TOMONIDAN O‘LDIRILDI. U JUDA QO‘RQOQ EDI. MEN UNGA O‘XSHAMADIM. BILASANMI, MEN AKAMNI O‘LGANINI ESHITIB MR. MORETTENING OLDIGA BORDIM VA KO‘ZLARIGA TIRMULIB UNI OTIB TASHLADIM. BU MENGA BIRIZ YENGILLIK BERDI. SHU PAYTGACHA NECHTASINI JONINI OLGAN BO‘LSAM BUNCHALIK ROHATLANMAGANMAN. ONANGNI QO‘LGA OLIB...
So‘zlar shu yerda tuxtab qolgan. Suminning yurak qismi nimadir bo‘lgandek tez tez urardi. Tomog‘i qurib oshxonaga tushdi. Va bir necha stakanlarni tugatib tashladi.
S: menga nima bo‘lyapti. Jin ursin seni Jungkook. Barchasiga sen aybdorsan. Hamma narsa senga kelib taqalyapti. Ming lanat bo‘lsin o‘sha kunga. Kelib kelib seni kompaniyanga ishga kiramanmi?
Oradan atigi uch kun o‘tib yarim kechasi eshik taqilladi. Sumin uyda bir o‘zi bo‘lgani uchun eshikni ochdi. Bu har doimgidek Jimin deb o‘yladi. Va ortiga o‘girilib endi gapirmoqchi bo‘lganida kimdir uning og‘zini maxkam yopib hushidan ketgazdi.
Ko‘zlarini sekin ochib atrofga alangladi.
Qiz yumshoq devanda o‘zini ko‘rdi. Qo‘llari orqa tomonga bog‘langan. Oyoqlari bir ikki aylanada maxkam arqon bilan bog‘langandi. Atrof dezayn bilan bezatilgan. Ko‘z ochib ko‘rilmagan, inson zotidan asar yo‘q edi.
Sumin: men qayerdaman. Meni bu yerga kim olib keldi.
Hech kim ovoz bermadi. Sumin asabiylashgancha yana baqirdi.
S: HEEYYY KIM BOOOR. AXMOQ BU YERGA CHIIQ
Vaholanki kimdir chiqib mana menman desayu Sumin uni tanib olsa. Sumin tipirchilab qo‘llarini yechishga harakay qildi. Bo‘lmadi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, bir erkak yuzida maska bilan kirib keldi.
-nega buncha tipirchilaysan. Nima men seni yeb quyamanmi?
S: kim ekanligingni bilmadimu ammo nega aynan shu bugun bu ishlarni qilishingni tushunmayapman.
(Author: aytgancha bugun payshanba pxexex)
-bilganing bilan nima foyda arzingni kimga aytmoqchisan. Go‘zalim...
S: shilqim. Bu gapni aytishga sen haqli emassan.
Erkak muzlatgichdan suv olib stakanga soldi va qizni yoniga o‘tirib unga tutqazdi.
Qiz yuzini boshqa tomonga o‘girdi. Va suvni rad etdi.
Qiz yigitga qarab ko‘zlariga tirmuldi.
-ovozingni baland qilma. Yuqol oldimdan.
Erkak unga yaqin kelib qo‘llarini qizning sochiga tekkizdi. Va yanoqlarini siladi.
S: BAS QIL. JUNGKOOK ESHITSA TIRIK QOLMAYSAN.
Erkak sekin maskasini yechib qizning to‘g‘risiga turdi.
Sumin ko‘zlariga hech ishonmadi. Ammo bu rostan ham Jungkook edi. Ko‘zlaridan yosh ayamadi.
S: Jungkook axir bu sensan.... Juda qo‘rqqandim, menga nima bo‘ladi deb. Bu kecha o‘zimni o‘ldirmoqchi edim. Lekin bu sen ekansan.
Jungkook qizni ipdan xolos qildi. Sumin Jkni qattiq bag‘riga bosdi.
Xiqqilab yig‘lab yubordi. Jungkook uning ko‘zyoshlari tinguncha bag‘riga bosib sochlarini silab qo‘yniga oldi.
Jk: meni sog‘inmadingmi? Men haqimda umuman eslamadingmi?
SS: har kuni... Har kuni seni o‘yladim.
Qiz piqqilab yig‘lar ammo gaplarini dona dona so‘zlardi..
S: seni qayerda yurganingni bilmaganim uchun o‘ylamagan o‘yim qolmadi. O‘sha kuni o‘sha kecha nimalar bo‘lganinj eslashga harakat qildim. Bazilari yodimga tushdi, baʼzilari esa yodimdan chiqib ketdi.
Qo‘llarini Jkning belidan quyib yubormay aksincha qochib ketayotgandek qattiq siqib olgandi.