1-dars. Python dasturlash tilini oʻrnatish va ishga tushirish
Python dasturlash tili haqida
Python dasturlash tili 1991-yil 20-fevral kuni Gvido van Rossum tomonidan taqdim etilgan. Python dasturlash tili yaratilishidan maqsad dasturlash jarayonida hosil bo'ladigan ko'dni o'qish uchun sodda qilish edi. Python - obyektga yo'naltirilgan dasturlashni hamda funksional dasturlashni ham qo'llab quvvatlaydi. Bunga qaramasdan Python to'liq obyektga yo'naltirilgan dasturlash tili.
Birinchi qadamlar
- O`rnatuvhi faylni yuklab olish: python.org/downloads/. Shu yerdan Python 3.7, 3.8 yoki 3.9 versiyasini yuklab olishni tavsiya etamiz.
- Yuklangan faylni iwga tushirib quyidagilarga e`tibor beramiz:
Avval Add Python <version> to PATH
ga bosib so'ng Install Now
bosiladi.
Endi agar yuqoridagi tavsiyalarga ko'ra Pyhton ni o'rnatgan bo'sangiz, uni ishga tushirishga tayyorsiz!
Python dasturlash tilini ishga tushirish
Ishga tushirishning bir necha usullari mavjud, ammo biz quyida ishlatish uchun eng qulayini keltiramiz.
Win + R
tugmalar birikmasi bosiladi.- Ochilgan oynada
cmd
terilibEnter
tugmasi bosiladi. - So'ngi ochilgan oynada endi
python
terilibEnter
bosiladi.
Qyida qilingan ishning rasmlari keltiriladi:
Hech qayerda adashmagan bo`lsangiz taxminan biznikidaka oyna chiqishi kerak.
An'anaviy "Hello, World!"
Boshqa dasturlash tillardan farqli o'laroq Pythonda kodingizning boshi va oxiri faylning boshi va oxiri bilan ustma-ust tushadi shuning uchun yuqoridagi so'ngi oynada print("Hello, World!")
deb yoziib Enter
bosishingiz kifoya.
Oxirida ochilgan oyna Python interpreter deyiladi. U, asosan, o`rganish jarayonida nozik jihatlarni onglab olish uchun ishlatiladi.
Keyingi darslarimizdan xabardor bo`lib turing. Buning uchun Telegram kanalimizni kuzatib boring:
Tushunmagan joylaringiz bo`lsa kanalga ulangan guruhda savolingizni berishingiz mumkin:
Albatta maqolaga baho berishni unutmang.