January 23

To’garak mashg’uloti-pedagog mahoratining yangi qirrasi!

Bugungi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar mohiyatida o'sib kelayotgan yosh avlod kamoloti yotishi sir emas. Ayni mana shu haqiqatni o'z tafakkurida chuqur anglagan va his qilgan Pedagogika kafedrasining tajribali pedagoglari -professor N.N.Musayeva hamda kafedraning jonkuyar ustozi dotsent B.T.Jo'rayevlar talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etishda anchayin faol.

Joriy yilning 23- yanvar kuni “Bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik mahoratini rivojlantirish” to‘garagi rahbarlari sifatida faoliyat olib borayotgan tajribali ustozlar -professor N.Musayeva ,dotsent B.Jo'rayevlar to'garakning navbatdagi mashg'ulotini yanada mazmunli va munozalarga boy tarzda tashkil etishdi.

“Pedagogik texnika” mavzusidagi  to‘garak mashg'uloti davomida pedagogik texnika va uning o'qituvchi faoliyatidagi o'rni to`grisida ma'lumotlar berildi. Xususan,o’qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy faoliyatining sir-sinoati, mohirligi bilan bog'liq qator ilmiy tavsiyalar berib o'tildi. Qiziqarli ko'rgazmali o'yinlar to`garak mashg'ulotining munozaralarga boy bo'lishini ta'minladi.

Pedagogika kafedrasi