December 18, 2024

Kitobxonlik-davr talabi

Kitobxonlik -bugungi shiddat bilan taraqqiy topayotgan zamonamizning asosiy mezonlaridan biriga aylanib ulgurdi. Chunki aynan kitob -inson ma'naviyatining, mafkurasining haqiqiy ma'nodagi ma'naviy ozuqasi.O'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida ,tafakkurida kitobning o'rni va bahosi beqiyos.

2024-yil, 17-dekabr kuni San'atshunoslik va pedagogika fakulteti professor Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasining bir guruh professor-o'qituvchilari - M.Umurova, U.Tog'ayeva, M.Sa'dullayeva, M.Ashurova ,O'.Olloquvalar universitet huzuridagi Axborot-resurs markazida bo'lishdi.

“Pedagogika” kafedrasi professor-o'qituvchilari sohaga oid elektron adabiyotlar bilan qiziqishdi. Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan darsliklar ,o'quv qo'llanmalarning tuzulishi borasida o'z fikr-mulohazalarini bayon etishdi.

Pedagogika kafedrasi