January 28

Soktare maktablari uzra sayyor dars

2025-yil,28-yanvar kuni Pedagogika kafedrasining tirishqoq ,talabchan va tajribali pedagogi S.Z.Jabborova Soktareda tahsil olayotgan sirtqi guruh talabalari bilan birgalikda G'ijduvon maktablari uzra sayyor dars tashkil qildi.

Bilimga chanqoq 9-9 BTUS-20 guruh talabalari maktablardagi shart-sharoitlar, imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi hamda zamon talablariga javob bera oladigan sinf xonalarni ko'zdan kechirishdi. Maktabda tahsil olayotgan bolajonlar bilan samimiy muloqotda bo'lishdi . Shuningdek, tajribali ustozlar darslarini kuzatishdi.

Sayyor dars so'ngida S.Jabborova : "Zamonaviy pedagoglar zamon talablariga javob bera oladigan salohiyatli va zukko bo'lishlari lozim "-deya alohida ta'kidladi.

Pedagogika kafedrasi