October 21, 2025

Til yashasa, millat yashaydi!

Til-millat ko'zgusi. Unda xalq yashaydi ,unda millat istiqomat qiladi. Bugun respublikamiz bo'ylab o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishining 36 yilligiga bag'ishlangan qator tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

2025-yil, 20-oktabr kuni Davlat tilida ish yuritish madaniyatini yuksaltirish, uning qonun ustuvorligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatini yanada mustahkamlash maqsadida viloyat prokuraturasi organlarida ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega tadbir – “Til yashasa, millat yashaydi” mavzusida tanlov tashkil etildi. Mazkur tanlov prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida davlat tili imkoniyatlaridan to‘liq va maqsadli foydalanish, xodimlarning nutq madaniyatini oshirish, savodxonligini mustahkamlash, shuningdek, amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

Bellashuv “Tizimli-tahliliy ish”, “Savodxonlik” va “She’riyat” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratini namoyon qilishdi.

«Til yashasa, millat yashaydi!» mavzusida tanlovni tashkil etishda yaqindan hamkorlik qilib, uning samarali o‘tkazilishiga munosib hissa qo‘shgan o‘qituvchi, olim va yozuvchi, shoirlarning mehnatlari alohida e’tirof etildi. Jumladan, Buxoro davlat universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Ma’rifat Rajabova, Buxoro davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Muyassar Navro‘zova, Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi raisi, filologiya fanlari nomzodi, “Shuhrat” medali sohibi Shodmon Sulaymonov, Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Suxrob Hamroyevlarga viloyat prokurori tashakkurnomasi, esdalik sovg‘alari topshirildi.