Konstitutsiya-baxtimiz qomusi
Konstitutsiya-baxtimiz qomusi. Zero,aynan mana shu qomus xalqimizning oliy irodasini o‘zida mujassamlab, jamiyatning ildam rivojlanishini belgilab beradi. Bosh qonunimiz davlatchilik, huquq tizimi va qonunchilik borasida insoniyat to‘plagan eng ilg‘or tajriba va g‘oyalarni o‘zida mujassamlantirgan, oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjat hisoblanadi.
Asosiy qonunimiz sanalmish konstitutsiyada amalga oshirilayotgan islohotlarga, jamiyatdagi real voqelikka, yurtdoshlarimizning ongu tafakkuridagi o‘zgarishlarga, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga hamohang tarzda takomillashtirish hayotiy zarurat ekanligi alohida e'tirof etiladi.
2024-yil,6-dekabr kuni Konstitutsiyaning 32 yilligi munosabati bilan professor Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasining dotsenti Sh.Farmonova 5-5 tar-21 guruhi talabalari ishtirokida "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" nomli adabiy-badiiy tadbir o'tkazdi.
Tadbirda talabalar tomonidan aytilgan huquqiy bilimlarga oid nazariy ma'lumotlar shuningdek, yurtimiz istiqboliga atab aytilgan she'r va qo'shiqlar,ijro etilgan sahna ko'rinishlari tadbir qatnashchilariga o'zgacha kayfiyat bag'ishladi. Kafedraning tajribali pedagoglari-B.Jo'rayev,N.Habibova ,M.Umurova, U.Tog'ayeva, M.Jumayeva, O.Ortiqovlar tadbir tashkilotchilariga chuqur minnatdorchilik bildirishdi.