May 21

"Kafedra kuni"da ma'rifatli kitobxonni izlab...

2025-yilning 21-may kuni Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari "Kafedra kuni" munosabati bilan talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi. Talabalar bilan dildan suhbat qilishni maqsad qilgan jamoa kitobxonlikni targ'ib qilish ,talabalar bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishda faol ishtirok etishdi.

Davra suhbatini Buxoro davlat universiteti professori ,tajribali ustoz-A.R.Hamroyev ochib berdi. tajribali pedagog talabalar bilan juda uzoq suhbat qildi. Ta'lim sifatini oshirishda bugungi yoshlarning kitobxon bo'lishi juda ahamiyatli ekanligini alohida ta'kidlab o'tdi.

Suhbat davomida san'atshunos pedagoglar ijrosida kuy va qo'shiqlar ham ijro etildi. Professor A.R.Hamroyev :"Bugungi yoshlar faqatgina ma'rifatli bo'lsalargina, ta'lim sifati va samaradorligi oshadi"-deya xulosaladi.