Biz bilgan va bilmagan Bobur...
Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy merosini o‘rganish, badiiy mahoratini tadqiq qilish, ulug‘ shoirning jahon xazinasiga qo‘shgan buyuk xizmatlariga baho berish borasida juda ko‘p ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda. Turkiy she’riyatni janr va mavzu jihatdan boyitgan, turli fan sohalariga doir ilmiy, tarixiy, diniy asarlarni meros qoldirgan ulug‘ shoir asarlaridagi teran tafakkur, badiiyatning nozik qirralari adabiyotshunoslar e’tiboridagi muhim jihatlar hisoblanadi.
2025-yil, 11-fevral kuni professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasida Zahiriddin Muhammad Boburning ma'naviy merosiga bag'ishlangan ma'rifat soati o'tkazildi.
Ma'rifat soatini pedagogika fanlari doktori, professor Sh.Olimov o'zining kirish so'zi bilan boshlab berdi: " Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosi bugungi zamonamizning ko'pgina muammolarini bartaraf qilishda dasturamal bo'lib xizmat qiladi".
Kafedraning ma'naviyat ishlari bo'yicha mas'ul xodimi Sh.Qurbonova fevral oyida tavallud topgan buyuk daholar -Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlar ijodiga ba'g'ishlab o'tkazilgan tadbirlar xususida to'xtaldi. Shuningdek,ma'rifat soatida kafedra o'qituvchisi,filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD) N.M.Saidova ijodkorlarning kelajak avlodga qoldirgan boy ilmiy merosi haqida o'z fikr-mulohazalarini bayon qildi.