Talabalar turar joyida kitobxonlik
Kitob-insonni kamolotga yetaklovchi,ma'naviy dunyosini boyituvchi beminnat do'st. Kitob shunday qudratga egaki, undan bahramand bo'lgan,uni haqiqiy ma'noda uqqan, uning sehridan, nuridan oziqlangan kishigina yuksak ma'naviyatga, kuchli tafakkurga ega shaxs sifatida shakllanadi. Bugun respublikamiz bo'ylab kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e'tibor berib kelinmoqda.
Bugungi kunda ta’lim jarayoni borasida olib borilayotgan islohotlarda o'quv jarayonlarini zamon talablariga mos tarzda tashkil qilish muhim omillardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni haqiqatni o’z faoliyatining mazmuni deb bilgan tajribali ustoz, pedagogika fanlari doktori, professor Sh.Sh.Olimov kafedra a’zolaridan sifatli va mahoratli darslar o’tish bilan birgalikda, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratishni talab qilib kelmoqda.
Shu munosabat bilan 2025-yil, 26-mart kuni Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari Talabalar turar joyida "Kitob-ma'naviyat ko'zgusi" nomli davra suhbati tashkil qilishdi.
Davra suhbatida pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori,dotsent Sh.Farmonova, katta o'qituvchi S.Djo'rayeva, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori N.Saidovalar yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalariga alohida urg'u berishdi. Ayniqsa, kitobxonlik konferensiyalarini tashkil qilish bugungi davr talabi ekanligi alohida e'tirof etildi.