Sog'lik-salomatlik garovi yoki TTJ da sport o'yinlari
Joriy yilning 26-mart kuni San'atshunoslik va pedagogika fakulteti professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari Kafedra kuni munosabati bilan talabalar turar joyiga tashrif buyurishdi.
Sport o'yinlariga asosan, TTJda istiqomat qiluvchi talabalarning ishtirokiga qaratildi. Talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida o'tkazilgan sport o'yinlarida kafedra jamoasining tajribali pedagoglari faol ishtirok etishdi. Yoshlarni sportga jalb qilish, sport sohasida yurtimiz ravnaqini yanada yuksaltirish uchun ko'plab imkoniyatlar mavjudligi ustozlar tomonidan alohida qayd etildi. Talabalar turar joyida tashkil etilgan musobaqalar :stol tennisi, shashka va shaxmat singari sport o'yinlari barchaga birdek manzur bo'ldi.