MALAKAVIY AMALIYOT- NAZARIYA VA AMALIYOT UZVIYLIGINING MEZONI
Malakaviy amaliyot ta’lim turlari uchun yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash ishining ajralmas qismi bo’lib, talabalarning kasbiy ko’nikma va malakalarini rivojlantiruvchi pedagogik jarayondir. Malakaviy amaliyot mazmuni va uni tashkil etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuning talablari hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Xalq ta’lim va Maktabgacha ta’lim vazirliklarining 2019-yil 5-martdagi 10-q/q-13-4-son qarori ilovasi asosida Pedagogika ta’lim sohasi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotini tashkil etish tartibi to’g’risida Muvaqqat nizomiga muvofiq Buxoro davlat universitetida talabalarning malakaviy amaliyotini o’tash bo’yicha Nizom ishlab chiqilgan. Mazkur Nizomda malakaviy amaliyotning mazmuni, maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
Malakaviy amaliyotning maqsadi talabalar olgan nazariy bilimlarni chuqurlashtirish, mustahkamlash va o’quv tarbiyaviy ishlarga tadbiq etish, talabalarni o’z kasbiga amaliy tayyorlash, kasbiy mahorat malakalari va fazilatlarini tarkib toptirish hamda rivojlantirishdir.
Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi dotsenti Sh.M.Farmonova Buxoro viloyati buxoro shaxridagi 86-sonli MTTda malakaviy amaliyot jarayonini o’rgandi. Malakaviy amaliyot o’tayotgan talaba Shirinova Feruzaning ochiq mashg'ulotiga ishtirok etdi. Zukko pedagog Sh.M.Farmonova amaliyotchi talabaning faoliyatini astoydil o’rgandi va amaliyotchi-talabalar kasbiy malakasini rivojlangantirishga doir ilmiy tavsiyalar berdi.