April 1

Ogohlik-davr talabi

Joriy yilning 1-aprel kuni San'atshunoslik va pedagogika fakulteti professor Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasida yoshlarni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olish, turli ko‘rinishdagi ekstremistik harakatlarga qarshi kurashish maqsadida “ Men ogohlikni qanday tushunaman?” mavzusida ma’rifat soatini o‘tkazildi.

Kun tartibidagi masala  yuzasidan kafedra mudiri, prof. Sh.Sh.Olimov kirish so`zi bilan ochib berdi:-Ogohlik – inson va millat manfaatlarining asrab-avaylanishi, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy qoidalarga rioya qilinishi, mamlakatdagi tinchlik va barqarorlikni taʼminlashda hushyorlikni anglatadigan tushuncha. Jamiyatda mavjud ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning taʼminlanishi bevosita inson ongi, tafakkuri bilan chambarchas bogʻliq. Har bir shaxs xalq, jamiyat, oʻz jamoasi, oilasi oldidagi burch va masʼuliyati hamda moddiy-maʼnaviy neʼmatlarga egalik huquqi mavjudligini anglab, idrok etishi unda ogohlik tuygʻusini shakllantiradi-deya alohida ta'kidladi.

Pedagogika kafedrasi