May 22

Zamonaviy tasviriy-pedagogik ta’limda an’ana va innovatsiyalar: izlanishlar va yechimlar

Joriy yilning 22-may kuni Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik va pedagogika fakulteti tashabbusi bilan ” Zamonaviy tasviriy-pedagogik ta’limda an’ana va innovatsiyalar: izlanishlar va yechimlar mavzusidagi ilmiy-nazariy anjuman bo'lib o'tdi.

Ushbu xalqaro ilmiy-nazariy anjuman Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik va pedagogika fakultetidagi kafedralar hamkorligida tashkil etildi. Anjumanni ochib berish uchun universitet rektori O.X.Xamidov so'zga chiqdi. U nutqi davomida BuxDU San’atshunoslik va pedagogika fakulteti ilmiy salohiyati alohida ahamiyat kasb etishini ta'kidlab o'tdi.

Mazkur anjuman doirasida pedagogika , tasviriy san’at, musiqa sohalaridagi muammolar, izlanishlar va yechimlar o’rganildi.

Anjuman davomida Tojikiston Respublikasi Talabxo’ja Sattorov nomidagi milliy Konservatoriyasi professori Latifzoda Dilovar Narzishoh "Tojikiston Respublikasining musiqa ta’limidagi tendensiyalar: an’analar va zamonaviy rivojlanish masalalari " mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek, Chelyabins davlat madaniyat institutining ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi professori Safaraliyev Bozor Safaraliyevichaning “Jalb etuvchi resurslar-madaniy-qo’zg’alish turini loyihalashtirishning asosi” mavzusidagi muhim ma’ruzasi tinglandi.

Bundan tashqari Rossiya davlat pedagogika instituti professori Andiyenko Elena Vasilyevna, Urganch davlat universiteti professori Hojiyeva Maqsuda Sultonovna,Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat madaniyat va san’at instituti dotsenti Bahrillo Xayrillozodalar ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Anjumanda xorijiy olimlar, professorlar-o’qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, doktarantlar hamda talabalar qatnashishdi.