April 4

Amaliyot-bo'lajak pedagog faoliyatining muhim mezoni

Amaliyot jarayoni -nazariy bilimlarning amaldagi ifodasi demakdir. Aynan amaliyot bo'lajak pedagog kasbiy hayotida juda muhim omil sifatida xizmat qiladi. Ayni haqiqatni chuqur anglagan tajribali pedagog - Ismatova Halovat Baxtiyorovna ta'lim muassasalarida amaliyot jarayonini o'tab kelayotgan talabalar- Bafoyeva Dilrabo, Umurzoqova Nargizalar faoliyati bilan qiziqdi.

Buxoro viloyati Peshku tumanidagi 14 -sonli Semurg' bogchasi hamda Buxoro shahar 80- DTMda amaliyot jarayonini o'tab kelayotgan amaliyotchi- talabalar bilan uchrashdi. Halovat Ismatova amaliyotchi-talabalar bilan uzoq suhbat qildi. Amaliyot jarayonidagi muammolar bo'yicha ilmiy tavsiyalar berdi. Shuningdek, bolalar bog'chasidagi kichkina bolajonlar ruhiyati bilan qiziqdi. Tajribali pedagog suhbat so'nsida:"Kichkintoylar ruhiyati juda nozik ,ularning o'z olami bor "-deya xulosaladi.

Pedagogika kafedrasi