March 5
Malakaviy amaliyot-kasbiy faoliyat ostonasi
Joriy yilning 28-fevral kuni Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasining tajribali o'qituvchisi M.Sa'dullayeva malakaviy amaliyot jarayonlarini o'tayotgan 9-11 BTS-20 talabalari -Mavlonova Maqsuda, Usyakina Darya, Gulosova Xadichalar hayotiga qiziqqan holda, Buxoro shahridagi 18-o'rta umumta'lim maktabida bo'ldi.
Tajribali pedagog M.Sa'dullayeva amaliyotchi- talabalar tayyorlashi kerak bo‘lgan hujjatlar haqida suhbat qildi. Amaliyotchi-talaba tomonidan tayyorlangan mahorat darsini bevosita kuzatdi .Suhbat davomida amaliyot jarayonlaridagi xato-kamchiliklar ustida ishlandi. Amaliyotdagi ba'zi bir qiyinchiliklarni bartaraf etish yo'lida tavsiya va ilmiy maslahatlar berildi.