Psixologik trening -ruhiyat va mahorat darsi
Inson ruhiyatini anglash- juda murakkab jarayon. Unda ruh va jismning uyg'unligi ,shakl va mazmunning sirli sinoati mujassam . Unda insoniyat olamining ko'zga ko'rinmas ishoralari bordek, nazarimizda... Aynan pedagog va ta'lim oluvchilar o'rtasidagi munosabatlarni o'ta muhim ekanligini chuqur anglagan professor Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasining tajribali pedagoglari -H.Ismatova, dotsent M.Jumayeva hamda M.Umurovalar Buxoro viloyati Shofirkon tuman Denov qishlog'idagi 50 - o'rta umumta'lim maktabiga tashrif buyurishdi.
Yosh va tajribali psixolog Halovat Ismatova "Pedagoglarning o'z - o'zini rivojlantirish va psixologik korreksiyalash usullar" mavzusida seminar-trening o'tkazdi. Trening davomida bugungi pedagoglar va o'quvchilar o'rtasidagi muammolar, muammoli jarayonlar tahlil qilindi. Seminar ishtirokchilari o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Tajribali pedagoglar dotsent M.Jumayeva va M.Umurovalar ham pedagog va o'quvchilar munosabatlariga oid juda qiziqarli vaziyatlarni tahlil qilishdi.
Seminar so'ngida yosh psixolog Halovat Istamova : "Bola ruhiyatini bilish uchun pedagogdan katta bilim va kuchli mahorat talab qilinadi. Buning uchun pedagoglar doimiy ravishda o'z - o'zini rivojlantirishi lozim, "-deya xulosaladi.