Amaliyot-tajriba va imkoniyatlar maydoni
Amaliyot-bo'lajak pedagoglar uchun keng imkoniyatlar maydoni sanaladi. Chunki oliy ta'limda olingan nazariy bilimlar aynan amaliyot davrida o'zining salmoqli natijasini beradi. Zero, amaliyot davri amaliyot-talabalarning kasbiy ko'nikma va malakalarini rivojlantirishda poydevor vazifasini o'taydi.
Joriy yilning 28-aprel kuni San'atshunoslik va pedagogika fakulteti professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi Saidova Nodira Mustakimovna (PhD) amaliyotchi-talabalar faoliyatini o'rganish maqsadida shahardagi 16-19-20-o'rta umumta'lim maktablariga tashrif buyurdi.
N.M.Saidova amaliyotchi-talabalarning davomati to'g'risida 16-o'rta umumta'lim maktabi direktor o'rinbosari Dilfuza Nosirovna bilan uzoq suhbatda bo'ldi. Amaliyotchi-talabalar bilan uchrashdi hamda darslar sifatiga alohida e'tibor bergan holda o'quv mashg'ulotlarini kuzatdi. Amaliyot davridagi talabalar, ijro intizomi haqida alohida to'xtaldi.