March 13

Yosh olima tajribasi -tadqiqotchilar nigohida!

Ilm-cheksiz bir ummon .Unda har bir ilm tolibining mashaqqati-yu,mehnati mujassam. O'z kasbiy faoliyatini ilm-u urfon nuri bilan boyitgan, Pedagogika kafedrasining yosh olimasi Musayeva Nodira Nizomovna o'z tajribasini mustaqil izlanuvchilar, doktarantlar bilan bo'lishishni astoydil maqsad qilgan tajribali pedagog sifatida e'tirofga munosib.

Ayni ma'noda 2025- yil, 6-mart kuni Pedagogika kafedrasi huzurida uslubiy seminar tashkil etildi. Seminarda kafedra professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Musayeva Nodira Nizomovna "Pedagogik tadqiqotlarda ilmiy dalillar va ularning roli"  mavzusida kafedraning tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy maslahatlar berdi. Ma'ruzada yosh olimaning tajriba maydoni o'rganildi. Xususan, tadqiqotlar olib borishning o'ziga xos talab va qoidalari izchil tushuntirildi. Tadqiqotchilar tajribali pedagog Nodira Musayevaga o'z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Pedagogika kafedrasi