February 13

Mahallang tinch-sen tinch!

2025-yilning 13-fevral kuni San'atshunoslik va pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasining bir qator professor-o'qituvchilari- kafedraning ma'naviyat ishlari mas'ul xodimi Sh.Qurbonova,G.Habibova,M.Umurova,S.Jabborova, katta o'qituvchi S.Djo'rayeva ,M.Sa'dullayevalar Buxoro shahridagi Inb Sino MFY hamda Afshor mahallalarida bo'lishdi.

Tajribali pedagoglarni Afshor mahalla fuqarolar yig'ini raisi B.Safarov kutib oldi. B.Safarov mahallada yaratilgan shart-sharoitlar ,o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi, xotin -qizlarning ish bilan ta'minlanishi ,yosh oilalar singari dolzarb masalalar to'g'risida suhbat qilishdi.

Kafedra pedagoglari Abu Ali inb Sino MFY raisi M.Karimova hamda hokim yordamchisi D.Saloyevlar bilan ham suhbatda bo'lishdi. Ustozlar bilan bo'lgan suhbati juda qizg'in davom etdi .Suhbat so'ngida tajribali pedagog G.Habibova : "Mahalla bu-ostona, shunday ekan, ostonamizni asrashimiz lozim. Mahallang tinch-sen tinch "-deya alohida e'tirof etdi.

Pedagogika kafedrasi