Hashar-elga yarashar
O'zbek xalqi ma’naviyatida, qadriyatlarida boshqa xalqlar o‘rgansa va o‘z tajribasida qo‘llasa arziydigan ko‘pgina ibratli tajribalari mavjud.Jumladan, bahor fasli kelishi bilanoq, xalqimiz o'rtasida hashar tadbirlari boshlanib ketadi.
Ayni bahor kunlari mahallalarda, mehnat jamoalarida erta tongdan boshlab xayriya hasharlari tashkil etilib, unda xalqimizning barcha qatlami faol ishtirok etmoqda. Mana shunday ezguli va xayrli tadbirlar Buxoro davlat universitetida ham amalga oshirildi. Jumladan, San'atshunoslik va pedagogika fakulteti pedagogika fanlari doktori, professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi ahil jamoa- Pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari ham 2025-yil, 15-mart kuni bo'lib o'tgan umumxalq hashar ishlarida faol ishtirok etishdi.
Hashar ishlari ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan umumxalq tadbiri sifatida e'zozlaniladi.