April 15

Mahoratli pedagogning mahorat darsi


Dars-muqaddas.Uning o'ziga xos talablari hamda qoidalari mavjud bo'lib, har bir pedagog kasbiy faoliyatida o'ta muhim jarayondir. Shu bois har bir pedagog xodim darsni xuddi badiiy asardek qiziqarli, mazmunli va tushunarli bo'lishida mas'uldir.


2025-yil,15-aprel kuni O'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Navro'zova Muyassar G'aybullayevna Hozirgi òzbek adabiy tili fanidan TNI-24,11-4. guruhi talabalari ishtirokida "Mustaqil sòz turkumlari:ot, sifat,son" mavzusida ochiq mashg'ulot darsi o'tkazdi.


Tajribali va talabchan filolog mahorat darsida qiziqarli savollar, turli xil innovatsion texnologiyalar- "Intervyu"metodi, "Sinf sahnasi " ,"T-toifalash" jadvallaridan unumli foydalandi. Shuningdek, dars mavzusiga oid taqdimot ham namoyish etildi. Dars "Guruhlarda ish" tarzida olib borildi. Ayniqsa ,so'z turkumlariga oid "Bekatlar" innovatsion texnologiyasi talabalar shijoatiga sabab bo'ldi.