February 22

To'garak mashg'uloti -pedagog mahoratining  ifodasi 

Zamonaviy ta'lim maydonida ma'nan yetuk va keng tafakkurli yoshlar alohida o'rin egallaydi. Kelajak avlod salohiyati , kamoloti esa bugungi zamonaviy pedagoglar zimmasiga kattagina mas'uliyatni yuklaydi.

O'sib kelayotgan yoshlar kamoloti yo'lida tinmay izlanayotgan tajribali pedagoglar -professor N.N.Musayeva hamda fidoyi ustoz,dotsent B.T. Joʻraevlar talaba-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishda faollik ko'rsatib kelmoqda.

Joriy yilning 20- fevral kuni “Bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik mahoratini rivojlantirish” to‘garagi rahbarlari professor N. Musayeva va B.Jo'rayevlar to'garakning navbatdagi mashg'ulotini yanada mazmunli va munozalarga boy tarzda tashkil etishdi. Mashg'ulot davomida turli xil metodlar , videolar to`garak mashg'ulotining bahs-munozaralarga boy bo'lishini ta'minladi.

Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tavsifi” mavzusidagi  to‘garak mashg'uloti davomida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy sifatlarini rivojlantirish, pedagogik qobiliyatini shakllantirish va uning turlari to`grisida ma'lumotlar berildi. Xususan, о‘qituvchilar va tarbiyachilarning kasbiy mahorati hamda tajribasi bilan bog‘liq qator ilmiy tavsiyalar berib o'tildi.

Pedagogika kafedrasi