To'garak mashg'uloti-bilimlar chashmasi
Ajdodlarga munosib avlod bo'lish,ular qoldirgan boy, adabiy merosni asrab-avaylash hamda kelajak avlod kamoloti yo'lida safarbar qilish bugungi zamonamizning asosiy mezonlaridan biridir.Buyuklar siyratini o'z amallarida mujassam etishga intilgan Pedagogika kafedrasining yosh va talabchan o'qituvchisi G.B.Saidnazarova " Al-Buxoriy izdoshlari" nomli to'garagining haqiqiy ma'nodagi asoschisi.
2025 -yil ,24-yanvar kuni G.B.Saidnazarova yana bir mazmunli to'garak mashg'ulotini o'tkazdi. To'garak mashg'uloti juda qizg'in ruhda boshlandi. Xususan,tabiiy fanlar va agrabiotexnologiya fakulteti 4- kurs 13-1 BIO–21-guruhi talabalarining to'garak mashg'ulotiga puxta tayyorgarlik ko'rishgani mashg'ulotni bevosita kuzatgan Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o`rinbosari I.R.Barakayev hamda tyutor N.Farmonovlarni juda quvontirdi.
To'garak qatnashchilari Imom Buxoriy hayoti va ijodi oid qimmatli ma'lumotlar berish barobarida ,muhaddis olimning “Al-adab al-Mufrad” asaridan hadislar aytishdi. Zukko talabalar mashhur muhaddis olimning nurli yo'li ,bosgan izlari ,uning halollik bobidagi yaktoligiga alohida urg'u berishdi.