Eskirmas "Eski shahar"ostonasida sayyor dars
Buxoro-qadimiy va navqiron shahar. Bu muborak zamin ne-ne olim-u ulamoyu fuzalolarni o'z bag'rida dunyoga keltirgan. Bu shaharning har bir go'shasida buyuk ajdodlarning tabarruk nafasi, muqaddas qadamjolarida esa olis o'tmishning aks-sadolari bor.
Bugungi yoshlarni har tomonlama salohiyatli ,yuksak ma'naviyatli bo'lishlarida mahoratli va keng dunyoqarashli pedagogning ta'siri kuchli. O'tmish sahifalarni varaqlash ,tarixiy obidalarning sir-sinoatini anglash maqsadida professor Sh.Sh.Olimov rahbarligida faoliyat ko'rsatib kelayotgan tajribali pedagog,professor N.Azimova tomonidan 2024-yil, 10-oktabr kuni Buxoroning "Labi -hovuz" majmuasida sayyor dars tashkil qilindi.
O'quv mashg'ulotining aynan mana shunday majmuada tashkil etilishida tajribali pedagogning ko'zlagan maqsadlari mavjud edi. Eng avvalo, bo'lajak pedagoglarning dars mashg'ulotlariga bo'lgan talab va mas'uliyatlarini oshirish, kasbiy faoliyatga muhabbat hamda o'quv mashg'ulotlariga innovatsion yondashishdan iborat edi.
Professor N.Azimova talabalar bilan uzoq suhbatlashdi. Bobolardan qolgan tarixiy voqealardan talabalar hayratda qolishdi. "Labi havuz" majmuasidagi sayyor dars talabalarning shijoati va g'ayratiga g'ayrat ,o'z kasbiy faoliyatiga bo'lgan muhabbat va mas'uliyatni kuchaytirdi. "Eski shahar"da o'tkazilgan sayyor dars talaba-yoshlar mamnuniyatida sabab bo'ldi.