December 6, 2024

Zamonaviy dars-kasbiy faoliyatning asosi

N.M.Saidova


2024-yil, 6-dekabr kuni Buxoro davlat universiteti Pedagogika kafedrasi katta o'qituvchisi M.G.Sadullayeva va o'qituvchi O'M.Olloqovalar tomonidan 9-11BTUS-20 guruh talabalari bilan pedagogik mahorat fanidan sayyor dasr tashkil etildi.


Zamonaviy dars talabalarning xohish-istaklaridan kelib chiqib, jonli tabiat qo'ynida olib borildi. Mashg'ulot jarayonida pedagogik mahorat fanidan bilimlar umumlashtirildi. Tajribali pedagoglar ta'lim oluvchilarga psixologik ta'sir ko'rsatish usullari hamda pedagogik muloqotning psixologik tomonlari haqida nazariy ma'lumotlar berishdi. Zamonaviy darsning zamonaviy shakli juda mazmunli bo'ldi.

Pedagogika kafedrasi