February 28

 Tajribali pedagogning tajriba maydoni

Joriy yilning 27-fevral kuni Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik va pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrasi huzurida uslubiy seminar bo'lib o'tdi. Unda kafedra professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) Hamroyev Alijon Ro'ziqulovich "Metodologik tadqiqot va maxsus ilmiy tadqiqot. Tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha talablar" mavzusida kafedraning tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun ma'ruza qildi.

Tajribali ustoz A.R.Hamroyev ma'ruza jarayonida metodologik tadqiqot, uning mohiyati, dissertatsiya va avtoreferatning tuzilishi, seminar va himoya jarayonlari haqida batafsil ma'lumot berdi. Tadqiqotchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar. Uslubiy seminar barcha tadqiqotchilarga manzur bo'ldi. Zero, bunday seminarlar ayniqsa, yosh tadqiqotchilarga dasturamal bo'lib xizmat qiladi.

Pedagogika kafedrasi