Ilmiy tadqiqotlar muhokamasi -tajribali pedagoglar nigohida!
2025-yilning, 24-aprel kuni professor Sh.Sh.Olimov tashabbusi bilan Pedagogika kafedrasi huzurida tashkil etilgan ilmiy-uslubiy seminarning navbatdagi bosqichi kafedraning jonkuyar pedagogi ,dotsent Jo'rayev Bobomurod Tojiyevich tomonidan o'tkazildi. Ilmiy -uslubiy seminarda mustaqil izlanuvchilar, tayanch doktarantlar ishtirok etishdi.
Tajribali pedagog "Pedagogik tajriba-sinov ishlari dasturini ishlab chiqish metodikasi" mavzusida ma'ruza qildi. Pedagogika yo'nalishi bo'yicha himoya jarayonlarini muvaffaqiyatli o'tagan Jo'rayev Bobomurod Tojiyevich o'zi olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarining mohiyati , tajriba-sinov jarayonlarining mazmuni bilan o'rtoqlashdi.
Jo'rayev Bobomurod Tojiyevich ilmiy tadqiqot doirasida tajriba-sinov ishlarining mazmun-mohiyatini to'g'ri tashkil etish, belgilangan talab darajasida yakunlash, umumlashtirish bilan bog'liq qator ilmiy tavsiyalar berib o'tdi. Ilmiy seminar ishtirokchilari tadqiqot ishlarida tajriba-sinov bilan bog'liq savollarga javob olishdi.