February 26
Yosh tadqiqotchining mahorat darsi
2025-yil 25-fevral kuni yosh tadqiqotchi ,Pedagogika kafedrasi o'qituvchisi O'.M.Olloqova tomonidan boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 14-1,2BTIM-21 guruh talabalari bilan Badiiy matn tahlili fanidan "Dramatik asarlar tahlili" mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Ochiq dars jarayonida dramatik turdagi asarlarning o'ziga xos xususiyatlari hamda adabiy turning boshqa turlaridan farqi o'rganildi. Shuningdek, dramatik asarlar tahlil qilindi. Talabalar ishtirokida dramatik turdagi asarlar sahnalashtirildi.
Mahoratli darsni Pedagogika kafedrasining tajribali pedagoglari-professor N.Azimova, dotsent M.Ashurova,dotsent Y.Po'latova, U.Tog'ayeva(PhD), M.Yarashevlar kuzatishdi.