"Najot ta'limda,najot tarbiyada,najot bilimda"shiori ostidagi ma'rifat soati
Bugungi kunda ta'limga e'tibor ,ayniqsa, sifatli ta'limga bo'lgan e'tibor juda kuchli. Prezidentimiz tashabbusi bilan ta'limga oid islohotlar bugungi zamonaviy pedagoglar zimmasiga kattagina mas'uliyat yuklaydi.
Shu haqiqatlarni o'z kasbiy faoliyatining asosiy qismiga aylantirgan San'atshunoslik va pedagogika fakulteti professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasida "Najot ta'limda,najot tarbiyada, najot bilimda!" shiori ostida ma'rifat soati o'tkazildi. Ma'rifat soatini kafedra mudiri Sh.Olimov boshlab berdi.
Shuningdek, ma'rifat soatida fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'ribosari T.Muhammedov ham ishtirok etdi. T.Muhammedov kafedrada olib borilayotgan tadbirlar hamda kasbiy faoliyatning universitet saytlarida yoritilishi borasida o'z fikr-munosabatlarini bildirib o'tdi.
Kafedra o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Nodira Saidova ham ma'rifat soatida yurtboshimizning "Najot ta'limda,najot tarbiyada,najot bilimda!" shiori ostida ma'ruza qildi. Umuman ,ma'rifat soati juda mazmunli o'tdi.