April 28
Amaliyot-kasbiy intizom va mas'uliyat mezoni
Joriy yilning 26-aprel kuni San'atshunoslik va pedagogika fakulteti professor Sh.Sh.Olimov rahbarligidagi Pedagogika kafedrasining katta o'qituvchisi Sa'dullayeva Maxfuza G'aybullayevna amaliyotchi-talabalar faoliyatini o'rganish maqsadida amaliyotchi-talabalar bilan uchrashdi.
Tajribali pedagog Sa'dullayeva Maxfuza G'aybullayevna talabalar bilan uzoq suhbatda bo'ldi. Amaliyot davridagi me'yoriy hujjatlar-dars mazmunnomasi,dars tahlili,kundalik daftarlarning yuritilishi ,xato va kamchiliklari ustida alohida to'xtaldi. Amaliyot davridagi talabalarning mas'uliyati haqida o'z mulohazalarini aytib o'tdi.